$
12720.00 UZS
-7.96
140.04 UZS
0.58
13827.91 UZS
46.07
29° Kechasi 18°

Termiz hayvonot bog‘ida hayvonlar uchun elektron pasport tizimi yo‘lga qo‘yilmoqda

14:08 / 02.05.2024

Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirining tegishli buyrug‘iga asosan Termiz hayvonot bog‘ida saqlanayotgan O‘zbekiston Qizil kitobi hamda Yo‘qolib ketish xavfi ostida turgan yovvoyi hayvonlar va o‘simliklar turlari bilan xalqaro savdo qilish to‘g‘risidagi konvensiya (CITES) ilovalariga kiritilgan hayvonlar chiplashtirilib, ular uchun elektron pasport tizimi yo‘lga qo‘yilmoqda. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati xabar berdi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 31-maydagi “Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi faoliyatini samarali tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 171-sonli qarori bilan Toshkent, Farg‘ona va Termiz hayvonot bog‘lari Ekologiya vazirligi tasarrufiga o‘tkazilgan edi. Hayvonot bog‘larining moddiy-texnik bazasini yaxshilash, saqlanayotgan hayvonlarni asrab-avaylash, ularning sonini ko‘paytirish maqsadida esa Ekologiya vazirligi tomonidan bir qator chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.

“Hayvonlarning reesteri yuritilib, elektron pasport tizimi yo‘lga qo‘yilishi jarayonida jonivorlar haqidagi barcha ma’lumotlar yagona elektron bazaga kiritiladi. Bu esa ushbu hayvonlarning muhofaza etilishini muntazam nazorat qilishga imkon beradi”, – dedi Ekologiya vazirligi Bioxilmaxillik siyosatini yuritish bo‘limi boshlig‘i Abdurashid Sodiqov.

Dastlab 4 bosh yovvoyi hayvon, qushlardan 2 ta O‘zbekiston Qizil kitobiga kiritilgan oq boshli qumoy, cho‘l burguti hamda tuyoqlilardan 2 bosh hayvon – morxo‘r, Buxoro tog‘ qo‘yiga chiplar o‘rnatildi.

Ma’lumot uchun, bugungi kunda Termiz hayvonot bog‘ida jami 488 bosh noyob hayvonlar saqlanmoqda. Shundan yirtqichlar 40 bosh, sudralib yuruvchilar 84 bosh, tuyoqlilar 47 bosh hamda qushlar 317 tani tashkil etadi.


O‘zbekiston


														
														Mirziyoyev To‘qayevni tavallud kuni bilan tabrikladi

Mirziyoyev To‘qayevni tavallud kuni bilan tabrikladi

17-may kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Qozog‘iston Respublikasi Prezidenti Qosim-Jo‘mart To‘…
10:35 / 17.05.2024

														
														Hududlarda “IT-shaharcha”lar tashkil etiladi

Hududlarda “IT-shaharcha”lar tashkil etiladi

Bu bo‘yicha Prezident Qarori qabul qilindi.
09:52 / 17.05.2024

														
														“Bilasizlarmi, penaltini urolmaganidan keyin 3 kun uxlolmay chiqdim. Uning oʻrniga oʻzim boʻlsam, deyman-da” – Shavkat Mirziyoyev

“Bilasizlarmi, penaltini urolmaganidan keyin 3 kun uxlolmay chiqdim. Uning oʻrniga oʻzim boʻlsam, deyman-da” – Shavkat Mirziyoyev

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Oʻzbekiston U-23 terma jamoasining Osiyo kubogi finali va Parij-2024 …
09:34 / 17.05.2024

														
														Bugun, 17-may kuni ba’zi hududlarda yomg‘ir yog‘adi

Bugun, 17-may kuni ba’zi hududlarda yomg‘ir yog‘adi

“O‘zgidromet” 17-may, juma kuni kutilayotgan ob-havo haqida ma’lumot berdi.
07:22 / 17.05.2024

														
														Malayziya Bosh vaziri O‘zbekistonga keladi

Malayziya Bosh vaziri O‘zbekistonga keladi

Prezident Shavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan Malayziya Bosh vaziri Anvar Ibrohim 17-19-may kunlari rasmiy tashrif bilan…
22:51 / 16.05.2024

														
														“Tirik tarix” nomli turkum filmlar yaratiladi

“Tirik tarix” nomli turkum filmlar yaratiladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev Kinochilar saroyini borib ko‘rdi.
18:48 / 16.05.2024

														
														Prezident Botir Zokirov nomidagi Milliy estrada instituti faoliyati bilan tanishdi

Prezident Botir Zokirov nomidagi Milliy estrada instituti faoliyati bilan tanishdi

O‘tgan yili institut uchun 500 o‘rinli yangi bino qurib, foydalanishga topshirilgan.
17:26 / 16.05.2024

														
														Rossiyadagi  O‘zbekistonliklar ogohlantirildi

Rossiyadagi  O‘zbekistonliklar ogohlantirildi

Rossiya qonunchiligiga ko‘ra, narkotik moddalarni sotish yoki yetkazib berish uchun uzoq muddatli qamoq jazosi belgilangan.
16:14 / 16.05.2024

														
														"Andijon — Qo‘ng‘irot — Andijon" yo‘nalishida qo‘shimcha yo‘lovchi poyezd harakati yo‘lga qo‘yildi

"Andijon — Qo‘ng‘irot — Andijon" yo‘nalishida qo‘shimcha yo‘lovchi poyezd harakati yo‘lga qo‘yildi

Bu haqda"O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi" AJ matbuot xizmati xabar berdi.
15:08 / 16.05.2024

Bu ham qiziq

Prezident Botir Zokirov nomidagi Milliy estrada instituti faoliyati bilan tanishdi

Prezident Botir Zokirov nomidagi Milliy estrada instituti faoliyati bilan tanishdi

O‘tgan yili institut uchun 500 o‘rinli yangi bino qurib, foydalanishga topshirilgan.
17:26 / 16.05.2024
Yaponiyada yolg‘iz o‘layotgan keksalar soni ortib bormoqda

Yaponiyada yolg‘iz o‘layotgan keksalar soni ortib bormoqda

Yaponiya Milliy politsiya agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, bu raqam har yili 68 ming kishiga ko‘payishi kutilmoqda.
17:37 / 15.05.2024
Husunbuzarlar haqida

Husunbuzarlar haqida

Nega badanda husnbuzar paydo bo‘ladi?
15:21 / 16.05.2024
Bugun, 16-may kuni aksariyat hududlarda yomg‘ir yog‘adi

Bugun, 16-may kuni aksariyat hududlarda yomg‘ir yog‘adi

O‘zbekiston Respublikasi Gidrometeorologiya xizmati agentligining xabar berishicha, 16-may kuni Toshkentda havo o‘zgarib tur…
08:05 / 16.05.2024
Malayziya Bosh vaziri O‘zbekistonga keladi

Malayziya Bosh vaziri O‘zbekistonga keladi

Prezident Shavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan Malayziya Bosh vaziri Anvar Ibrohim 17-19-may kunlari rasmiy tashrif bilan…
22:51 / 16.05.2024
Quyoshda juda kuchli chaqnash sodir bo‘ldi

Quyoshda juda kuchli chaqnash sodir bo‘ldi

Oxirgi marta bunday alanga, aniqrog‘i X8.2 mashʼalasi 2017 yil 10 sentyabrda qayd etilgan.
09:35 / 16.05.2024
Ko‘kyo‘tal qanchalik xavfli kasallik?

Ko‘kyo‘tal qanchalik xavfli kasallik?

Xurujning bu turi vaqtincha nafas tizimidagi uzilishlarga va titratuvchi tutqanoqqa sabab bo‘lishi ehtimoli bor.
15:25 / 16.05.2024
Putin va Si Szinpin kengaytirilgan tarkibda muzokaralarni boshladi

Putin va Si Szinpin kengaytirilgan tarkibda muzokaralarni boshladi

Peskovning aytishicha, tomonlar Ukrainadagi vaziyatni ham muhokama qiladi.
10:06 / 16.05.2024
"Andijon — Qo‘ng‘irot — Andijon" yo‘nalishida qo‘shimcha yo‘lovchi poyezd harakati yo‘lga qo‘yildi

"Andijon — Qo‘ng‘irot — Andijon" yo‘nalishida qo‘shimcha yo‘lovchi poyezd harakati yo‘lga qo‘yildi

Bu haqda"O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi" AJ matbuot xizmati xabar berdi.
15:08 / 16.05.2024

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!