Bu Yevropa Ittifoqining 50 milliard yevrolik yangi qo‘llab-quvvatlash dasturi doirasidagi birinchi transh bo‘ladi, degan Yevrokomissiya rahbari Ursula fon der Leyen Kiyevda Ukraina bosh vaziri Denis Shmigal bilan uchrashuvdan so‘ng. Uning so‘zlariga ko‘ra, u tashrifi chog‘ida Ukraina rasmiylari bilan Polsha bilan chegaradagi Ukraina eksporti muammolari va mudofaa sohasida hamkorlikdagi ishlarni muhokama qilgan.
YEI 2024-yil 1-fevralda Bryusselda bo‘lib o‘tgan sammitda Ukrainaga 50 milliard yevro miqdorida uzoq muddatli yordam ko‘rsatishga kelishib oldi. Yordam paketi to‘rt yilga mo‘ljallangan bo‘lib, u 33 milliard yevro miqdoridagi kreditlarni va 17 milliard yevro miqdoridagi qaytarilmaydigan grantlarni o‘z ichiga oladi. Mablag‘ olish uchun Kiyev demokratik tamoyillar va inson huquqlarini hurmat qilishi kerak.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!