$
12720.00 UZS
-7.96
140.04 UZS
0.58
13827.91 UZS
46.07
18° Kechasi 12°

Umra tadbirini tashkillashtirishda kamchilikka yo‘l qo‘ygan 6 ta turoperator ro‘yxati e’lon qilindi

10:47 / 23.12.2023

Turizm qo‘mitasi umra ziyoratiga borishda maxsus litsenziyaga ega bo‘lmagan turoperatorlar xizmatidan foydalanmaslik bilan ogohlantirdi.

Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 8-avgustdagi 345-sonli qaroriga muvofiq, 1-noyabrdan boshlab fuqarolarga umra tadbirlarini tashkil etish va o‘tkazishga oid xizmatlarni ko‘rsatish faqat mahalliy turoperatorlar tomonidan amalga oshirilmoqda.

“Umra ziyoratiga borishda qarorda keltirilgan talablardan kelib chiqqan holda maxsus litsenziyaga ega bo‘lmagan turoperatorlar xizmatidan foydalinishda ogoh bo‘lishni va keyinchalik turli xil ko‘ngilsiz holatlarga tushib qolmaslik uchun litsenziyaga ega bo‘lgan turoperatorlar bilan hamkorlikda ishlashni tavsiya etamiz”, – deyiladi xabarda.

Litsenziyaga ega bo‘lmay umra tadbirlarini tashkil etish bilan shug‘ullanayotgan 23 ta tadbirkorlik subyektlariga kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha muddatlar belgilanib, ko‘rsatmalar berilgan.

Belgilangan muddatlarda kamchiliklarni bartaraf etmagan:

· “Orzu Travel” MChJ;

· “Lastochka-Planeta” MChJ;

· “Premier Wanderlust” MChJ;

· “Bobissalam-Travel” MChJ;

· “Muslim-Tour MT” MChJ;

· “Delta Smart Project” MChJlarning “chiqish turizmi” faoliyati bilan shug‘ullanishga asos bo‘lgan litsenziyalari Toshkent shahar Turizm boshqarmasining qarorlari bilan amaldagi qonunchilikka asosan 10 kun muddatga to‘xtatilgan.

O‘zbekiston fuqarolari uchun haj kvotasi

2023-yilda O‘zbekiston fuqarolari uchun umumiy haj kvotasi 15 ming nafar etib belgilandi. Bu yilgi haj mavsumi uchun kvota 12 mingdan 15 ming nafarga oshirilgani qayd etildi. Keyingi yillarda mamlakatdan haj safariga boruvchilar sonini bosqichma-bosqich oshirib borish rejalashtirilgan. Har bir ziyoratchiga to‘lov miqdori jamoatchilik kengashi qaroriga asosan 68 million 760 ming so‘m etib belgilangan edi.


Bu ham qiziq

Bishkekdagi vaziyat barqarorlashdi

Bishkekdagi vaziyat barqarorlashdi

Qirg‘iziston poytaxtidagi bir qator tumanlarda chet elliklar, asosan osiyoliklar ommaviy yashaydigan joylarda mahalliy aholi…
11:08 / 18.05.2024
Tramp Bayden bilan debatdan oldin doping testini talab qilmoqchi

Tramp Bayden bilan debatdan oldin doping testini talab qilmoqchi

AQShning sobiq prezidenti Donald Tramp, uning raqibi Jo Bayden bilan munozaradan oldin doping sinovlarini talab qilishini ay…
11:11 / 18.05.2024
Chaqaloqlar uchun dunyodagi birinchi AI gadjeti yaratildi

Chaqaloqlar uchun dunyodagi birinchi AI gadjeti yaratildi

Barcha ma’lumotlar qulay nazorat va tahlil qilish uchun ota-onalarning smartfoniga o‘tkaziladi.
17:14 / 19.05.2024
Angrenda relsdan chiqib ketgan yuk vagonlari haqida rasmiy izoh berildi

Angrenda relsdan chiqib ketgan yuk vagonlari haqida rasmiy izoh berildi

Angrenda relsdan chiqib ketgani 7 ta yuk vagoni  haqidagi videoga “O‘zbekiston temiryo‘llari” izoh berdi.
16:36 / 19.05.2024
Serdar Berdimuhamedov turkman xalqiga tabrik yo‘lladi

Serdar Berdimuhamedov turkman xalqiga tabrik yo‘lladi

Bu haqda, “Turkmaniston: Oltin asr” nashri xabar berdi.
15:41 / 18.05.2024
Go‘dakka qo‘shimcha ovqat tayyorlash talablari

Go‘dakka qo‘shimcha ovqat tayyorlash talablari

Natijada unga qo‘shimcha ovqat berish zarurati tug‘iladi.
10:22 / 19.05.2024
Gormonlar buzilishi nimalarga sabab bo‘ladi?

Gormonlar buzilishi nimalarga sabab bo‘ladi?

Charchoq, vazn o‘zgarishi va boshqa alomatlar kuzatilsa, ginekolog-endokrinolog bilan uchrashish tavsiya etiladi.
14:27 / 18.05.2024
Qaysi hududda qurilish korxonalari ko‘proq faoliyat yuritmoqda?

Qaysi hududda qurilish korxonalari ko‘proq faoliyat yuritmoqda?

Bu haqda, Statistika agentligi ma'lumot berdi.
10:15 / 19.05.2024
Lavlagining foydali jihatlari

Lavlagining foydali jihatlari

Lavlagi tarkibidagi shakar tezda qonga so‘riladi, natijada uning keskin ko‘tarilishi kuzatiladi.
14:53 / 18.05.2024
19-may kuni ayrim hududlarda yomg‘ir yog‘adi

19-may kuni ayrim hududlarda yomg‘ir yog‘adi

O‘zbekiston Respublikasi Gidrometeorologiya xizmati agentligining xabar berishicha, 19-may kuni Toshkentda havo bulutli bo‘l…
18:17 / 18.05.2024

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!