$
12694.87 UZS
-25.13
139.48 UZS
-0.56
13766.32 UZS
-61.59
21° Kechasi 13°

Uy ishlarini tez va samarali bajarish usullari

17:34 / 08.11.2023

 

Uy vazifalari maktab o‘quvchilari uchun doimiy muammo bo‘lib kelgan. O‘quv mashg‘ulotlaridan charchab kelgan bolalar uyda yana dars stoliga o‘tirishga majbur bo‘lishadi. Baʼzilar esa tuni bilan topshiriqlar ustida ishlaydi. Xo‘sh, uy ishlarini bajarish uchun bola qancha vaqt sarflashi kerak? Qanday qilib farzandingizga ularni tez va samarali bajarishda yordam berishingiz mumkin?

Bu bo‘yicha taʼlim va psixologiya sohasi mutaxassislaridan bir qancha tavsiyalarni ulashamiz.

Muxataxassislarning fikriga ko‘ra, 2-3-sinf o‘quvchilari uy vazifalariga 1,5 soat, 4-5-sinflar 2 soat, 6-8-sinflar 2,5 soat, 9-11-sinf o‘quvchilari 3 soat vaqt ajratishlari mumkin.

Pedagogika fanlari nomzodi Svetlana Guskova 1-sinfda uy vazifasi umuman bo‘lmasligi kerak deb hisoblaydi.

"Maktab hayotiga moslashish maʼlum vaqtni oladi, shuning uchun majburiy uy vazifasi bo‘lmasligi kerak, chunki u bolani qiynab qo‘yadi va o‘rganish uchun motivatsiyasini kamaytiradi", deydi u.

Deyarli barcha ota-onalar farzandlarining uy ishlarida ularga yordam beradi. Lekin kattalar bu borada ko‘pincha xatoga yo‘l qo‘yishadi. Yaʼni o‘z bolasini sinfdagi boshqa bolalar bilan taqqoslash va o‘qishga motivatsiya bermaslik orqali.

Shuningdek, mutaxassis ogohlantiradi: bolani ovqatdan keyin darhol dars qilishga majburlamaslik kerak. Chunki organizm ovqatni hazm qilish vaqtida intellektual qobiliyatlar biroz pasayadi.

Agar bola uy vazifasini o‘ziga qulay vaqtda bajarsa, u ko‘proq kuchga ega bo‘ladi, topshiriqlar tezroq va osonroq bajariladi.

Ko‘pincha ota-onalar darslarni maktabdan so‘ng darhol boshlash yaxshiroq degan fikrda. Ammo bolalarda bu tamoyil ishlamaydi.

Bola kun bo‘yi maktabdagi shovqinli muhitda, ko‘p odamlar orasida bo‘ladi, asabiylashadi yoki o‘zini yomon his qiladi. Shuning uchun o‘quvchining yaqinlari unga dars uchun tinch va qulay muhit yaratib berishi maqsadga muvofiqdir.

“Bola sinfdagidan ko‘ra uyda ko‘proq narsaga erisha oladi. Bola uy vazifasini bajaradigan joyda uy tinch, osoyishta va toza bo‘lishiga ishonch hosil qiling”, — deydi pedagoglardan biri.

Bola yaxshi o‘qishi uchun 5 ta muhim tavsiya:

1) Farzandingizni chalg‘itadigan barcha narsalarni, shu jumladan, gadjetlarni olib qo‘ying.

2) 25 daqiqa o‘qib, 5 daqiqa dam olishni o‘rgating.

3) Eng muhim vazifalarni birinchi bajarish kerakligini uqtiring.

4) Katta vazifalarni qismlarga bo‘lib, ularni haftaning kuni bo‘yicha taqsimlash kerakligini ayting.

5) Yordam so‘rash kerakligini tushuntiring.


Lifestyle


														
														Tirnoqlar sinuvchanligi nimadan dalolat beradi?

Tirnoqlar sinuvchanligi nimadan dalolat beradi?

Organizmda kalsiy yetishmasligini qanday aniqlash mumkin.
11:55 / 20.05.2024

														
														Sunʼiy intellekt odamlarni aldashni o‘rgandi

Sunʼiy intellekt odamlarni aldashni o‘rgandi

Aniqlanishicha, hatto boshdan “halollik”ka dasturlangan tizim ham, o‘z maqsadiga erishish uchun, aldashi mumkin ekan.
11:52 / 20.05.2024

														
														Oltin orqali rentgen apparatining ishlash aniqligini yaxshilashi mumkin

Oltin orqali rentgen apparatining ishlash aniqligini yaxshilashi mumkin

Qolaversa, oltin qo‘llanilganida rentgen suratlarini olish jarayoni yana-da tezlashgan.
11:50 / 20.05.2024

														
														Muzlatkichda saqlanmaydigan mahsulotlar

Muzlatkichda saqlanmaydigan mahsulotlar

Shundagina ularni uzoqroq muddat davomida iste’mol qilish mumkin.
11:30 / 20.05.2024

														
														O‘zbekistonda sotilgan “chiroyli” avtoraqamlar

O‘zbekistonda sotilgan “chiroyli” avtoraqamlar

Boshlang‘ich narx bilan taqqoslaganda, avtomobil raqamining narxi ikki-uch barobarga oshgan.
11:21 / 20.05.2024

														
														COVID-19’ning yangi shtammi tufayli yozda kasallik ortishi mumkin

COVID-19’ning yangi shtammi tufayli yozda kasallik ortishi mumkin

FLiRT’ga xos simptomlar koronavirus uchun standartdir.
11:17 / 20.05.2024

														
														Jennifer Lopes eri bilan ajrashish arafasidami?

Jennifer Lopes eri bilan ajrashish arafasidami?

Er-xotin uzoq vaqt davomida birga ko‘rinmagan
11:11 / 20.05.2024

														
														Chaqaloqlar uchun dunyodagi birinchi AI gadjeti yaratildi

Chaqaloqlar uchun dunyodagi birinchi AI gadjeti yaratildi

Barcha ma’lumotlar qulay nazorat va tahlil qilish uchun ota-onalarning smartfoniga o‘tkaziladi.
17:14 / 19.05.2024

														
														So‘nggi yillarda astma kasalligidan vafot etganlar ko‘paygan

So‘nggi yillarda astma kasalligidan vafot etganlar ko‘paygan

Astma bilan og‘rigan odamlar va ularning oila a’zolariga bu kasallik haqida ko‘proq ma’lumot taqdim etish muhim.
17:03 / 19.05.2024

														
														Telegram messenjerida o‘zgarish

Telegram messenjerida o‘zgarish

Ma’lumot uchun, shu paytgacha heshteg yordamida faqat bitta kanal ichida qidiruv amalga oshirilardi.
16:57 / 19.05.2024

Bu ham qiziq

So‘nggi yillarda astma kasalligidan vafot etganlar ko‘paygan

So‘nggi yillarda astma kasalligidan vafot etganlar ko‘paygan

Astma bilan og‘rigan odamlar va ularning oila a’zolariga bu kasallik haqida ko‘proq ma’lumot taqdim etish muhim.
17:03 / 19.05.2024
Toshkentning 6 ta tumanida ichmlik suvi ikki kunga o‘chiriladi

Toshkentning 6 ta tumanida ichmlik suvi ikki kunga o‘chiriladi

Xususan, Mirzo Ulug‘bek, Yashnobod, Sergeli, Mirobod, Yangihayot va Yakkasaroy tumanlarida 20-may soat 09:00 dan 21-may 21:0…
16:50 / 19.05.2024
Tirnoqlar sinuvchanligi nimadan dalolat beradi?

Tirnoqlar sinuvchanligi nimadan dalolat beradi?

Organizmda kalsiy yetishmasligini qanday aniqlash mumkin.
11:55 / 20.05.2024
Chaqaloqlar uchun dunyodagi birinchi AI gadjeti yaratildi

Chaqaloqlar uchun dunyodagi birinchi AI gadjeti yaratildi

Barcha ma’lumotlar qulay nazorat va tahlil qilish uchun ota-onalarning smartfoniga o‘tkaziladi.
17:14 / 19.05.2024
Germaniyada kuchli yog‘ingarchilik suv toshqinlarga olib keldi

Germaniyada kuchli yog‘ingarchilik suv toshqinlarga olib keldi

Ayniqsa, Saar o‘lkasining ma’muriy markazi va xuddi shu nomdagi Saarbryukken shahri zarar ko‘rdi.
17:23 / 18.05.2024
Oliy sudga yangi sudyalar saylandi

Oliy sudga yangi sudyalar saylandi

Senatning tegishli qarori bilan 7 nafar sudya Oliy sud sudyasi etib saylandi.
12:48 / 20.05.2024
G‘azo sektorida halok bo‘lganlar soni 35 456 kishiga yetdi

G‘azo sektorida halok bo‘lganlar soni 35 456 kishiga yetdi

Yaralanganlar soni esa 79 476 tani tashkil etmoqda.
12:58 / 20.05.2024
Jennifer Lopes eri bilan ajrashish arafasidami?

Jennifer Lopes eri bilan ajrashish arafasidami?

Er-xotin uzoq vaqt davomida birga ko‘rinmagan
11:11 / 20.05.2024
Go‘dakka qo‘shimcha ovqat tayyorlash talablari

Go‘dakka qo‘shimcha ovqat tayyorlash talablari

Natijada unga qo‘shimcha ovqat berish zarurati tug‘iladi.
10:22 / 19.05.2024
Surxondaryoda chiqindi uchun to‘lov qimmatlashdi

Surxondaryoda chiqindi uchun to‘lov qimmatlashdi

2024-yil 17-may kuni Surxondaryo viloyati hokimining yangi qarori e’lon qilindi. Unga ko‘ra, chiqindilarni to‘plash, olib ke…
18:01 / 18.05.2024

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!