$
12720.00 UZS
-7.96
140.04 UZS
0.58
13827.91 UZS
46.07
25° Kechasi 14°

Xiva 2024-yil “Islom dunyosining turistik poytaxti” deb e’lon qilindi

09:31 / 07.03.2024

Ma’lumotlarga ko‘ra, Islom hamkorlik tashkilotining XI sessiyasi doirasida ilk bor O‘zbekiston shaharlaridan biri — Xiva 2024-yil “Islom dunyosining turizm poytaxti” deya e’lon qilishga doir qaror qabul qilindi. Bu haqda Turizm va madaniy meros vazirligi xabar qildi.

Qayd etilishicha, Islom hamkorlik tashkiloti (IHT) g‘alabaning asosiy omillari sifatida O‘zbekistonda turizm sohasida yuritilayotgan ochiqlik siyosati, viza rejimining soddalashtirilishi, madaniy merosni saqlash, tarixiy shaharlarni obodonlashtirish kabi islohotlarni e’tirof etgan.

Shu o‘rinda Xiva shahrining tarixiy qiyofasi tiklanishi, restavratsiya va konservatsiyaga oid amalga oshirilgan ishlar, qolaversa, elektr ustunlarning demontaj qilingani, sayyohlarning katta oqimini qabul qilish uchun yaratilgan sharoitlar, infratuzilmaning yaxshilangani, 5 yulduzli mehmonxona qurilishi hamda butik-otel va hostellar qurilishi faol davom etayotgani alohida qayd etilgan. Bundan tashqari, turizm va unga yondosh sohalar tadbirkorlari uchun yaratilgan sharoitlar yuqori baholangan.

“Islom dunyosining turizm poytaxti yili doirasida Xorazm viloyatining Xiva shahrida IHTga a’zo 57 davlatning turizm vazirlari va turistik ma’muriyatlari rahbarlarining yig’ilishi yuqori darajada o‘tkaziladi. Shu bilan birga, Islom olami va ziyorat turizmi salohiyatini ochib beruvchi ilmiy-amaliy anjumanlar, fotoko‘rgazmalar va art-ekspozitsiyalar bo‘lib o‘tadi. 2018-yilda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tashabbusi bilan tashkil etilgan ‘Ipak yo‘li’ xalqaro turizm universiteti bazasida IHT davlatlari olim va tadqiqotchilari ishtirokida ta’lim sohasidagi imkoniyatlarni kengaytirishga alohida e’tibor qaratiladi”, — degan turizm va madaniy meros vaziri Аziz Аbduhakimov.

Islom dunyosining turizm poytaxti nominatsiyasiga 5 davlatdan shaharlar nomzodi qo‘yilgan bo‘lib, bular:

  • Аbu-Dabi (BАА);
  • Shanliurfa (Turkiya);
  • Laos (Nigeriya);
  • Dushanbe (Tojikiston);
  • Xiva (O‘zbekiston).

“So‘nggi yilda bu shaharlar orasida nominatsiyada g‘oliblik uchun shiddatli kurash kuzatildi. Shunga qaramay, O‘zbekistonning bu yo‘nalishda olib borilgan sa’y-harakatlari natijasida Xiva shahrining “Islom dunyosining turizm poytaxti” maqomini olishiga doir qarorga kelinishiga erishildi”, — deyiladi xabarda.


Bu ham qiziq

Malayziya Bosh vaziri O‘zbekistonga keldi

Malayziya Bosh vaziri O‘zbekistonga keldi

Bu haqda Bosh vazirning matbuot kotibi xabar berdi.
15:17 / 17.05.2024
Kuchli yomgʻir va shamol natijasida qariyb 67 ming isteʼmolchi “svet”siz qoldi

Kuchli yomgʻir va shamol natijasida qariyb 67 ming isteʼmolchi “svet”siz qoldi

Soat 10:00 holati boʻyicha mamlakatimiz boʻylab yuz berayotgan kuchli yomgʻir va shamol natijasida 6-10 kVli 190 ta fider 27…
11:55 / 18.05.2024
Tramp Bayden bilan debatdan oldin doping testini talab qilmoqchi

Tramp Bayden bilan debatdan oldin doping testini talab qilmoqchi

AQShning sobiq prezidenti Donald Tramp, uning raqibi Jo Bayden bilan munozaradan oldin doping sinovlarini talab qilishini ay…
11:11 / 18.05.2024
Ilon Mask miya implantatsiyasi tadqiqoti uchun ikkinchi nomzodga e’lon berdi

Ilon Mask miya implantatsiyasi tadqiqoti uchun ikkinchi nomzodga e’lon berdi

Birinchi nomzod baxtsiz hodisa tufayli falaj bo‘lib qolgan Nolan edi.
17:04 / 17.05.2024
Mirziyoyev Malayziya Bosh vaziri bilan muzokara o‘tkazdi

Mirziyoyev Malayziya Bosh vaziri bilan muzokara o‘tkazdi

Uchrashuvdan so‘ng, Shavkat Mirziyoyev va Anvar Ibrohim Ko‘ksaroy qarorgohining Faxriy mehmonlar xiyobonida birgalikda darax…
09:23 / 18.05.2024
Endi bizda ham krevetka yetishtiriladi

Endi bizda ham krevetka yetishtiriladi

Bu bo‘yicha Janubiy Koreya bilan kelishuvga erishildi.
09:45 / 18.05.2024
Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlari Ostonada uchrashadi

Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlari Ostonada uchrashadi

“Markaziy Osiyo-2040” mintaqaviy hamkorlikni rivojlantirish strategiyasi ishlab chiqilgani ma’lum qilindi.
13:13 / 17.05.2024
Isroil havo kuchlari Livan janubiga hujum qildi

Isroil havo kuchlari Livan janubiga hujum qildi

Hujum qirg‘oqdagi avtomobil va binoga urilgan.
14:47 / 17.05.2024
Telegram messenjerida yana virus tarqalmoqda

Telegram messenjerida yana virus tarqalmoqda

Bu haqda ogohlantirish bilan chiqdi.
13:18 / 17.05.2024
Gormonlar buzilishi nimalarga sabab bo‘ladi?

Gormonlar buzilishi nimalarga sabab bo‘ladi?

Charchoq, vazn o‘zgarishi va boshqa alomatlar kuzatilsa, ginekolog-endokrinolog bilan uchrashish tavsiya etiladi.
14:27 / 18.05.2024

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!