$
12720.00 UZS
-7.96
140.04 UZS
0.58
13827.91 UZS
46.07
25° Kechasi 14°

Xivada “Lazgi” II xalqaro raqs festivali oʻtkaziladi

12:36 / 09.04.2024

Ma’lumotlarga ko‘ra, joriy yilning 25-30-aprel kunlari Xorazm viloyatining Xiva shahrida “Lazgi” II xalqaro raqs festivali boʻlib oʻtadi. Bu haqda Madaniyat vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, YUNESCO shafeligida oʻtkazilayotgan “Lazgi” II xalqaro raqs festivalida bugunga qadar 18 ta davlatdan (Fransiya, Tojikiston, Turkmaniston, Qozogʻiston, Belarus, Rossiya, Turkiya, Qirgʻiziston, Serbiya, Braziliya, Pokiston, Italiya, Koreya, Indoneziya, Misr, Hindiston, Ozarbayjon, Eron) 20 ta raqs guruhlarining festivalda ishtirok etish istagi bildirilgan. Misr, Qozogʻiston, Turkmaniston, Qirgʻiziston, Tojikiston madaniyat vaziri hamda AYSESO bosh direktori festivalda Faxriy mehmon sifatida ishtirok etishi kutilmoqda.

Ayni vaqtga qadar 5 ta (Germaniya, Koreya, Oʻzbekiston, AQSh, Qozogʻiston) davlatdan hakamlikka nomzodlik uchun ariza kelib tushgani, “Lazgi” xalqaro raqs festivali doirasida tashkil etiladigan xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyada ishtirok etish uchun 50 ga yaqin mahalliy olimlarning, 25 dan ortiq xorijiy olim va soha vakillari, xususan: Hindiston; XXR (oflayn); AQSh (oflayn); Rossiya (oflayn); Turkiya (oflayn); Misr (oflayn); Qozogʻiston va boshqa davlat vakillaridan festivalda ishtirok etish toʻgʻrisida murojaat kelib tushgan.

Shuningdek, festivalning ochilish marosimi 25-aprel kuni tantanali ravishda tashkil etilishi va taniqli sanʼatkorlar ishtiroki rejalashtirilgan.

Eslatib o‘tamiz, 2022-yili Xorazm viloyatining Xiva shahrida boʻlib oʻtgan “Lazgi” xalqaro raqs festivali dunyoning 30 davlatidan 175 dan ziyod raqqosalar, raqs jamoalar, raqs sanʼati ustalari, musiqashunos va sanʼatshunos olimlar, taniqli sanʼatkorlar, mutaxassislar, faxriy mehmonlar va ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirok etgan.


Bu ham qiziq

Telegram messenjerida yana virus tarqalmoqda

Telegram messenjerida yana virus tarqalmoqda

Bu haqda ogohlantirish bilan chiqdi.
13:18 / 17.05.2024
Gormonlar buzilishi nimalarga sabab bo‘ladi?

Gormonlar buzilishi nimalarga sabab bo‘ladi?

Charchoq, vazn o‘zgarishi va boshqa alomatlar kuzatilsa, ginekolog-endokrinolog bilan uchrashish tavsiya etiladi.
14:27 / 18.05.2024
Mirziyoyev Malayziya Bosh vaziri bilan muzokara o‘tkazdi

Mirziyoyev Malayziya Bosh vaziri bilan muzokara o‘tkazdi

Uchrashuvdan so‘ng, Shavkat Mirziyoyev va Anvar Ibrohim Ko‘ksaroy qarorgohining Faxriy mehmonlar xiyobonida birgalikda darax…
09:23 / 18.05.2024
Malayziya Bosh vaziri Samarqandga jo‘nab ketdi

Malayziya Bosh vaziri Samarqandga jo‘nab ketdi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan Malayziya Bosh vaziri Anvar Ibrohim rasmiy tashr…
10:49 / 18.05.2024
O‘zbekistonda  Face ID yordamida onlayn xizmatlarni ko‘rsatish imkoniyati kengaytirildi

O‘zbekistonda  Face ID yordamida onlayn xizmatlarni ko‘rsatish imkoniyati kengaytirildi

Bu haqda Huquqiy axborot kanali ma’lum qildi.
13:14 / 18.05.2024
Tramp Bayden bilan debatdan oldin doping testini talab qilmoqchi

Tramp Bayden bilan debatdan oldin doping testini talab qilmoqchi

AQShning sobiq prezidenti Donald Tramp, uning raqibi Jo Bayden bilan munozaradan oldin doping sinovlarini talab qilishini ay…
11:11 / 18.05.2024
BMT: Isroil hujumlari tufayli 630 mingdan ortiq odam Rafahni tark etishga majbur bo‘ldi

BMT: Isroil hujumlari tufayli 630 mingdan ortiq odam Rafahni tark etishga majbur bo‘ldi

Hozirda Rafahdan ko‘p sonli odamlar kelishi tufayli mintaqadagi vaziyat og‘ir.
17:38 / 17.05.2024
Iyun oyidan boshlab poyezdlardagi ba’zi yo‘nalishlarda qo‘shimcha qatnov yo‘lga qo‘yiladi

Iyun oyidan boshlab poyezdlardagi ba’zi yo‘nalishlarda qo‘shimcha qatnov yo‘lga qo‘yiladi

“O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi” AJ iyun oyidan quyidagi poyezdlarning qo‘shimcha qatnovini yo‘lga qo‘yadi.
17:09 / 17.05.2024
Malayziya Bosh vaziri O‘zbekistonga keldi

Malayziya Bosh vaziri O‘zbekistonga keldi

Bu haqda Bosh vazirning matbuot kotibi xabar berdi.
15:17 / 17.05.2024
Hududlarda “IT-shaharcha”lar tashkil etiladi

Hududlarda “IT-shaharcha”lar tashkil etiladi

Bu bo‘yicha Prezident Qarori qabul qilindi.
09:52 / 17.05.2024

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!