$
12720.00 UZS
-7.96
140.04 UZS
0.58
13827.91 UZS
46.07
18° Kechasi 12°

Xon Saroy Music loyihasi gʻoliblari sovgʻalar bilan taqdirlandi

16:22 / 20.09.2023

Xon Saroy Music – 2022-yilda Xon Saroy qurilish kompaniyasi homiyligida Alisher Uzoqov va mashhur 10 nafar bloger ishtirokida tashkil qilingan loyiha.

Loyihaning saralash bosqichida Oʻzbekistonning barcha viloyatlari va Qoraqalpogʻiston respublikasidan tashrif buyurgan isteʼdodli yoshlar ishtirok etishdi. 2000 ga yaqin yoshlarni oʻziga jalb qilgan 4 bosqichli loyihada kuchli 10 talik soʻnggi bosqichga yoʻl olgan.

Xon Saroy Musicʼning final bosqichiga yetib kelgan 3 ishtirokchiga Xon Saroy qurilish kompaniyasi tomonidan quyidagi sovgʻalar taqdim qilindi.

1-oʻrin sohibi Miyassar Dauletbayeva – 2 xonali uy va avtomobil, shuningdek “Xon Saroy Media” prodyuserlik kompaniyasi bilan hamkorlik qilish imkoniyati

2-oʻrin sohibi Noila Habibullayeva – 100 mln pul mukofoti va “Xon Saroy Media” prodyuserlik kompaniyasi bilan hamkorlik imkoniyati

3-oʻrin sohibi Jasurbek Subxanov – 50 mln pul mukofoti va “Xon Saroy Media” prodyuserlik kompaniyasi bilan hamkorlik imkoniyati

Kuni kecha ishtirokchilar Xon Saroy qurilish kompaniyasiga tashrif buyurib, oʻz sovgʻalarini qabul qilib olishdi.

1-oʻrin sohibasi Miyassar Dauletbayeva Xon Saroyning “Diplomat” loyihasidan 2 xonali uy va Nexia 3 rusumli avtomobilni qabul qilish chogʻida Xon Saroy kompaniyasiga va loyihaning barcha tashkilotchilariga minnatdorchilik bildirib oʻtdi.

Taʼkidlash joizki, gʻoliblarni aniqlashda shaffoflikni taʼminlash maqsadida ijtimoiy tarmoqlarda ovoz toʻplash usuli qoʻllanilmadi. Ovoz berish SMS-xabarnoma tarzida yoki kompaniya saytida yoʻlga qoʻyilib, soʻnggi yakuniy bosqich jonli efir orqali namoyish etildi.

“Xon Saroy Media” prodyuserlik markaziga 2022-yil avgust oyida Xon Saroy kompaniyasi boshchiligida Jasur Badalbayev va Shohruhxon ishtirokida asos solingan boʻlib, markaz rahbarligida shu vaqt oraligʻida 30 dan oshiq klip olingan, qoʻshiqlar bastalangan. Bu bilan birga Xon Saroy kompaniyasi oʻzbek sanʼatining rivojlanishiga, yoshlarning isteʼdodini namoyon qilishiga koʻmaklashmoqda.

Maʼlumot uchun, Xon Saroy qurilish kompaniyasi poytaxtimizda 12 ta loyihani amalga oshirgan va oshirib kelmoqda, ulardan 6 tasi xonadon egalariga allaqachon tantanali ravishda topshirilgan.

Batafsil maʼlumot uchun quyidagi raqamlarga qoʻngʻiroq qiling:

+998712007400

+998555017400

xonsaroy.uz

Telegram

Instagram

 

 


Bu ham qiziq

Serdar Berdimuhamedov turkman xalqiga tabrik yo‘lladi

Serdar Berdimuhamedov turkman xalqiga tabrik yo‘lladi

Bu haqda, “Turkmaniston: Oltin asr” nashri xabar berdi.
15:41 / 18.05.2024
Qaysi mahsulotlar ayollar uchun zararli?

Qaysi mahsulotlar ayollar uchun zararli?

Mutaxassisning ta’kidlashicha, ushbu mahsulotlar me’yoridan ortiq iste’mol qilinsa, bir nechta noxush oqibatlarga olib kelis…
16:49 / 19.05.2024
Buyrak kasalligining alomatlari va belgilari

Buyrak kasalligining alomatlari va belgilari

Internetda topish mumkin bo‘lgan eng keng tarqalgan maslahatlardan biri bu ko‘proq suv ichish va ko‘p dam olishdir.
14:58 / 18.05.2024
So‘nggi yillarda astma kasalligidan vafot etganlar ko‘paygan

So‘nggi yillarda astma kasalligidan vafot etganlar ko‘paygan

Astma bilan og‘rigan odamlar va ularning oila a’zolariga bu kasallik haqida ko‘proq ma’lumot taqdim etish muhim.
17:03 / 19.05.2024
Chiroyli avtoraqamlar sotuvi 3,2 barobarga oshgan

Chiroyli avtoraqamlar sotuvi 3,2 barobarga oshgan

Joriy yilning 17-may kuni “O‘zbekiston respublikasi tovar-xomashyo birjasi faoliyatining 2024-yil 1-chorak yakunlari” mavzus…
11:06 / 19.05.2024
Afg‘onistondagi kuchli yomg‘ir sabab 50 dan ortiq odam halok bo‘ldi

Afg‘onistondagi kuchli yomg‘ir sabab 50 dan ortiq odam halok bo‘ldi

Bugun, 18-may kuni Afg‘onistonda kuzatilgan kuchli yomg‘ir va suv toshqinlari oqibatida viloyat markazi Feroz-Kohda 2000 ta …
16:57 / 18.05.2024
19-may kuni ayrim hududlarda yomg‘ir yog‘adi

19-may kuni ayrim hududlarda yomg‘ir yog‘adi

O‘zbekiston Respublikasi Gidrometeorologiya xizmati agentligining xabar berishicha, 19-may kuni Toshkentda havo bulutli bo‘l…
18:17 / 18.05.2024
Go‘dakka qo‘shimcha ovqat tayyorlash talablari

Go‘dakka qo‘shimcha ovqat tayyorlash talablari

Natijada unga qo‘shimcha ovqat berish zarurati tug‘iladi.
10:22 / 19.05.2024
Kuchli yomgʻir va shamol natijasida qariyb 67 ming isteʼmolchi “svet”siz qoldi

Kuchli yomgʻir va shamol natijasida qariyb 67 ming isteʼmolchi “svet”siz qoldi

Soat 10:00 holati boʻyicha mamlakatimiz boʻylab yuz berayotgan kuchli yomgʻir va shamol natijasida 6-10 kVli 190 ta fider 27…
11:55 / 18.05.2024
O‘zbekistonda  Face ID yordamida onlayn xizmatlarni ko‘rsatish imkoniyati kengaytirildi

O‘zbekistonda  Face ID yordamida onlayn xizmatlarni ko‘rsatish imkoniyati kengaytirildi

Bu haqda Huquqiy axborot kanali ma’lum qildi.
13:14 / 18.05.2024

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!