$
12648.12 UZS
-26.88
138.42 UZS
0.06
13622.03 UZS
5.28
30° Kechasi 17°

Yakkasaroy hokimligi yuristi maktab basseynida vafot etdi

16:44 / 26.04.2024

Ma’lumotlarga ko‘ra, Toshkent shahri Yakkasaroy tumani hokimligi yuriskonsulti Nodir Akbarov maktab basseynida vafot etgan. Bu haqda Kun.uz xabar berdi.

Unga ko‘ra, hokimlik xodimlari uchun 18-aprel kuni ziyofat tadbiri oʻtkazilgan. Unda spirtli ichimliklar ham isteʼmol qilingan boʻlishi mumkinligi aytilmoqda.

“Tadbir yakunlangach, hokimning ikki oʻrinbosari hamda yuristi maishatni tumandagi 160-sonli bolalar va oʻsmirlar maktabiga tegishli basseynda davom ettirishgan. Basseynda choʻmilish chogʻida hokimlik yuriskonsultining sogʻligi yomonlashib, vafot etgan”, deyiladi xabarda.

Mazkur maʼlumotni Bosh prokuror matbuot kotibi Hayot Shamsutdinov ham tasdiqlagan.

Shamsutdinov 2024-yil 18-aprel kuni, soat 15:30 lar atrofida 1970-yilda tugʻilgan erkak, Yakkasaroy tumani hokimligi huquqshunosi tumanda joylashgan maktabdagi basseynda choʻmilganda ahvoli yomonlashib, vafot etganini maʼlum qilgan.

Xabarga koʻra, marhumning oʻlim sababini aniqlash maqsadida sudga oid tibbiyot ekspertizasi tayinlangan. Hozirda holat yuzasidan prokuratura tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

Shuningdek, Yakkasaroy tumani hokimi Nilufar Allabergenovaning qaroriga koʻra, 2024-yil 22-aprel kuni Nodir Akbarov bilan mehnat shartnomasi uning vafot etgani munosabati bilan bekor qilingan.


Bu ham qiziq

Samarqandda 4 magnitudali zilzila sodir bo‘ldi

Samarqandda 4 magnitudali zilzila sodir bo‘ldi

FVV Seysmoprognostik monitoring Respublika markazi xabar qiladi: O‘zbekiston Respublikasi hududida mahalliy vaqt bilan 06.05…
10:53 / 06.05.2024
Statistika: Oʻzbekistonda qancha odam internetdan foydalanadi?

Statistika: Oʻzbekistonda qancha odam internetdan foydalanadi?

Bu esa aholining 16,7 foizi oflayn rejimda boʻlganini anglatadi.
16:16 / 06.05.2024
O‘zbekistonning to‘qqizta viloyatida sel kelishi xavfi e’lon qilindi

O‘zbekistonning to‘qqizta viloyatida sel kelishi xavfi e’lon qilindi

Shuningdek vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi.
17:46 / 06.05.2024
O‘zbekiston va Italiya “The Samarkand express” sayyohlik poyezdini yo‘lga qo‘yadi

O‘zbekiston va Italiya “The Samarkand express” sayyohlik poyezdini yo‘lga qo‘yadi

Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi huzuridagi Turizm q…
10:24 / 06.05.2024
Endi istalgan qon guruhini 1-guruh qoniga aylantirish mumkin

Endi istalgan qon guruhini 1-guruh qoniga aylantirish mumkin

Ma’lumki, birinchi qon guruhi universal bo‘lib, boshqa istalgan qon guruhidagi odamga uni quyish mumkin.
14:33 / 05.05.2024
Saudiya Arabistoni Osiyo uchun barcha turdagi neft narxini oshirmoqda

Saudiya Arabistoni Osiyo uchun barcha turdagi neft narxini oshirmoqda

Boshqa yengilroq va og‘irroq turdagi neft narxi ham may oyiga nisbatan oshdi.
16:48 / 06.05.2024
6-may kuni qanday ob-havo kuzatiladi?

6-may kuni qanday ob-havo kuzatiladi?

O‘zbekiston Respublikasi Gidrometeorologiya xizmati agentligining xabar berishicha, 6 may kuni Toshkentda havo biroz bulutli…
23:17 / 05.05.2024
Quyoshda yana bir kuchli chaqnash sodir bo‘ldi

Quyoshda yana bir kuchli chaqnash sodir bo‘ldi

Qayd etilishicha, bu bir hafta ichida ikkinchi marotaba sodir bo‘lgan.
16:41 / 06.05.2024
O‘zbekiston-Tojikiston chegaralarini demarkatsiya qilish bo‘yicha bayonnoma imzolandi

O‘zbekiston-Tojikiston chegaralarini demarkatsiya qilish bo‘yicha bayonnoma imzolandi

Navbatdagi uchrashuv O‘zbekistonda bo‘lib o‘tadi.
14:23 / 05.05.2024

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!