UzAuto Motors Onix avtomobili sotuvga chiqarilgani haqidagi xabarlarga izoh berdi

  • 09:58 / 15.09.2021
  • 213

UzAuto Motors ma’muriyati ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan “Onix avtomobili sotuvga chiqdi” sarlavhali video yuzasidan munosabat bildirdi.

Kompaniya tarqatgan xabarga ko‘ra, keltirilgan ma’lumot “asossiz” bo‘lib, bugungi kunda sotuvda mavjud bo‘lgan avtomobillar ro‘yxati bilan kompaniyaning rasmiy sayti orqali tanishish mumkin. 

“Qolaversa, Chevrolet Onix rusumli avtomobilning sotuvi boshlanishi haqida biz rasmiy kanallarimizda e’lon qilamiz”, – deyiladi kompaniya xabarida.

Qayd etilishicha, yonilg‘i sarfi sezilarli darajada tejamkor, ya’ni 6 litrgacha bo‘lishi aytilgan Chevrolet Onix avtomobilini yagona platformadagi ishlab chiqarish imkonini beradigan o‘rnatish va ishga tushirish ishlari joriy yilning iyul-avgust oyida olib borilgan. 

O‘zavtosanoat vakilining Xabardor.uz bog‘langan vakiliga ko‘ra, Chevrolet Onix avtomobilining sotuvi kelgusi yilga rejalashtirilmoqda.