“Uzbekistan Airways” reyslarni 3 kun ortga surdi

  • 14:28 / 23.03.2020
  • 230

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi akkreditatsiyadan o‘tgan barcha diplomatik vakolatxonalarga murojaat yo‘lladi. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati xabar berdi.

O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining chet el fuqarolarini O‘zbekistondan olib chiqish uchun charter reyslarini tashkil etish to‘g‘risida ilgari e’lon qilingan qaroriga qo‘shimcha ravishda Tashqi ishlar vazirligi quyidagilarni ma’lum qilgan.

Hozirgi epidemiologik vaziyat sharoitida, xususan, “Uzbekistan Airways” aviakompaniyasi ekipaji noqulay epidemiologik holatdagi mamlakatlardan qaytganidan so‘ng karantinda bo‘lishi sababli reyslarni tashkil qilish 3 kunga qoldirildi.

Reyslarning aniq vaqti haqidagi ma’lumotlar vazirlik rasmiy sahifalarida o‘z vaqtida e’lon qilinadi.