Uzbekistan Airways yana  ikki davlatga aviaqatnovlarni to‘xtatdi

  • 08:42 / 01.03.2020
  • 431

Uzbekistan Airways aviakompaniyasi 2020-yilning 1-martidan boshlab Yaponiya va Italiyada koronavirus avj olishi va O‘zbekiston hududida virus tarqalishining oldini olish maqsadida Tokio va Rimga bo‘lgan ikkala yo‘nalishdagi qatnovlarni vaqtincha to‘xtatdi, deb  xabar bermoqda kompaniyaning Matbuot xizmati.

Bundan tashqari, mazkur xabarda Sog‘liqni saqlash vazirligi bilan birgalikda aviakompaniyaning barcha reyslarida yuqori xavfsizlik choralari joriy etilgani, shu jumladan, Respublika davlat chegarasini kesib o‘tuvchi shaxslar sanitariya-karantin tadbirlari va tibbiy-sanitariya nazoratlaridan o‘tkazilayotganligi haqida ham ta’kidlab o‘tilgan.

Eslatib o‘tamiz,  Janubiy Koreyada koronavirus avj olishi va O‘zbekiston hududida virus tarqalishining oldini olish maqsadida Seulga bo‘lgan qatnovlarni vaqtincha to‘xtatib turish haqida avvalgi xabarlarimizda ma’lum qilgan edik.