Valverde Messining 1-taymdan so‘ng almashtirilganiga izoh berdi

  • 12:20 / 25.09.2019
  • 345

“Barselona” bosh murabbiyi Ernesto Valverde La Liganing 6-turidagi “Vilyarreal”ga qarshi o‘yindan so‘ng (2:1) Lionel Messini nega majburiy almashtirilganini izohladi. Eslatib o‘tamiz, Messi o‘yinni asosiy tarkibda boshladi va tanaffusdan so‘ng uning o‘rnini Usmon Dembele egalladi.

“Messi tizzasida og‘riq his qildi. Shuning uchun uni almashtirishga qaror qildik, natijani ertaga bilamiz. G‘alaba – doim oldinga harakat qilish. Bizda Messi yo‘qligida yaxshi natijalarga erisha olmagan paytlarimiz ko‘p bo‘lgan”, – deb Valverdening so‘zlarini keltirad El Chiringuito.

Eslatib o‘tamiz, Messi jarohati tufayli yangi mavsum boshlanishini o‘tkazib yubordi. Argentinalik hujumchi bu mavsumda La Ligada 2 ta o‘yin o‘tkazdi va o‘z hisobiga 1 ta golli uzatmani yozib qo‘ydi.

Teglar