Varan koronavirus yuqtirib oldi. U Liverpul'ga qarshi o‘yinda maydonga tushmaydi

  • 20:31 / 06.04.2021
  • 62

“Real” himoyachisi Rafael Varan “Liverpul”ga qarshi Chempionlar Ligasi chorak final dastlabki o'yinini o'tkazib yuboradi.

Qirollik klubi fransiyalik futbolchida bugun, 6-aprel kuni ertalab koronavirus aniqlangani haqida xabar berdi.

Jarohatini tiklayotgan himoyachi Serxio Ramos ham ertangi o‘yinda ishtirok etmaydi. Ularning o‘rniga asosiy tarkibda markaziy himoyachilar Nacho va Eder Militao maydonga tushishi mumkin.

Eslatib o‘tamiz, “Real Madrid” va “Liverpul” o‘rtasidagi uchrashuv 7-aprel kuni Toshkent vaqti bilan soat 00:00 da boshlanadi. Xuddi shu vaqtda “Manchester Siti” va “Borussiya Dortmund” o‘rtasidagi bahs ham bo‘lib o‘tadi.