Vazirlar Mahkamasida tayinlov

  • 15:47 / 09.10.2019
  • 34

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 8-oktabrdagi qarori bilan Bahodir Majidovich Ahmedov Vazirlar Mahkamasining Yoshlar siyosati, madaniyat, maʼnaviyat, ommaviy axborot vositalari, ijodiy va jamoat tashkilotlari masalalari kotibiyatining rahbari etib tayinlandi.

Вазирлар Маҳкамасида ТАЙИНЛОВ

Bahodir Ahmedov ayni paytda Vazirlar Mahkamasi Ijtimoiy rivojlantirish masalalari kotibiyatining Ijtimoiy himoya sohasidagi islohotlar tahlili va monitoringi boʻyicha bosh mutaxassisi lavozimida ishlab kelayotgan edi.

B.Ahmedov 1973-yilda Toshkent shahrida tugʻilgan. Hozirga qadar Olmazor tumani madaniyat va sport ishlari boʻlimi mudiri, Toshkent shahar madaniyat va sport ishlari bosh boshqarmasi boshligʻi oʻrinbosari, Toshkent viloyat madaniyat va sport ishlari boshqarmasi boshligʻi, Madaniyat va sport ishlari vazirining oʻrinbosari, Kasaba uyushmalari federatsiyasi kengashi raisi oʻrinbosari, Madaniyat va sport ishlari vaziri, Toshkent viloyati hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha oʻrinbosari kabi masʼuliyatli lavozimlarda ishlagan.

Eslatib oʻtamiz, B.Ahmedov yaqinda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining maslahatchisi oʻrinbosari etib tayinlangan Abdurashid Joʻraboyevning oʻrnini egalladi.

Manba: O‘zA