Venesuela Angliya bankini sudga berdi

  • 12:05 / 20.05.2020
  • 163

Venesuela Markaziy banki Angliya bankini 1 milliard dollar qiymatidagi mamlakat oltin zaxirasidagi yombilarni qaytarib berishi uchun sudga berdi. Bu haqda BBC xabar berdi.
Venesuela hukumati ushbu mablag‘larni koronavirusga qarshi kurashish uchun sarflamoqchi ekanligini ma’lum qildi.
14-may kuni oltin yombilarini BMTga qaytarish bo‘yicha London tijoriy sudi ariza yuborilgan. 
Biroq Buyuk Britaniya, AQSh va boshqa G‘arb davlatlari Prezident Nikolas Maduroning hukumatini qonuniy deb tan olmaydi. Shu tufayli 2018-yildan beri Venesuealaning 31 tonna oltinini qaytarishni rad etib keladi.
Bir necha hafta avval Venesuela BMTning Taraqqiyot dasturiga vositachi bo‘lishini so‘rab murojaat qilgandi.
Janubiy Amerika davlati Markaziy banki huquqlarini himoya qilayotgan londonlik advokat Sarosh Zaivalla oltinlar tezkor tartibda qaytarilishi kerakligini, hozir siyosiy ochko to‘plash vaqti emasligini ta’kidlagan.