Vengriya Bosh vaziri Viktor Orbanning O‘zbekistonga rasmiy tashrifi kutilmoqda

  • 10:11 / 27.03.2021
  • 97

Joriy yil 29–31-mart kunlari Vengriya Bosh vaziri Viktor Orban rasmiy tashrif bilan O‘zbekistonda bo‘ladi. 

Ma’lumotlarga ko‘ra, muzokaralarda ikki tomonlama aloqalarni mustahkamlash va koronavirus pandemiyasiga qarshi kurash hamda pandemiya keltirib chiqaradigan iqtisodiy inqirozni yumshatish masalalari muhokama qilinadi.

Shuningdek, kun tartibiga faqat amaliy hamkorlik masalalari – savdo, innovatsiya, sanoat, qishloq xo‘jaligi, moliya, transport va ta’lim sohalari kiritilgan.

Ushbu delegatsiya tarkibida Vengriyaning yetakchi kompaniyalari va banklarining yirik sarmoyadorlari kelishi ham kutilyapti. Ular O‘zbekiston tomoni bilan savdo va iqtisodiy imkoniyatni o‘rganadilar.