Vetnamliklarning yashirin kulgusi

  • 08:06 / 06.04.2015
  • 5318

XABARDOR.UZ: Kulgu inson umrini uzaytiradi, degan fikr hammamizga tanish. Shunday xalqlar ham bor ekanki, kulgu ularning kundalik hayotida doimo yonma-yon. Quyidagi maqolamizda ana shunday insonlarning jozibador suratlarini tomosha qilamiz va kulgu inson husniga-husn va joziba bahsh etishiga yana bir bor amin bo‘lamiz.

Fransuz fotografi Rexan (Réhahn) hozirgi kunga qadar Vetnam bo‘ylab ko‘p bor sayohat qilgan. U safarlarda bir necha bor muhim uchrashuvlarda bo‘lgan, aynan shu voqealar uning fotografiyaga oid loyihalarining  asosiy mavzusiga aylangan.

Vetnamlik insonlar orasida murakkab vaziyat yuzaga kelgandagina u kamerani qo‘lga olib, aynan shu onlarni suratga muhrlashga harakat qiladi. Ko‘p hollarda uning suratlaridagi kulgu qo‘llar bilan berkitilgan. Rexan ularni "Yashirilgan kulgu", deb ataydi.  Sayohatlari davomida shunga amin bo‘ldiki, ko‘pgina odamlar kameraga yuzma-yuz kelganlarida og‘izlarini qo‘llari bilan berkitishga odatlanishgan. Muallif bu odatni muloyimlik, kamtarinlik, odob-ahloq belgisi, deya baholaydi.

Rexan kulgular mamlakati bo‘ylab sayohatini davom ettirmoqda. U hozirda yuzlab berkitilgan kulgularga bag‘ishlangan suratlarining ko‘rgazmasini o‘tkazishga tayyorgarlik ko‘rmoqda.

Vetnamliklar dunyodagi eng baxtli insonlar ro‘yxatidan o‘rin olgan. Rexan mana shu fikrini isbotlash niyatida. Shuning uchun u mazkur mamlakatda "baxt" so‘zining ma'nosini anglashga muvaffaq bo‘ldi.

1hiddensmile

2hiddensmile

3hiddensmile

4hiddensmile

5hiddensmile

6hiddensmile

7hiddensmile

8hiddensmile

9hiddensmile

10hiddensmile

Teglar