Video: Hongkongda namoyishchilar parlament binosiga bostirib kirishdi

  • 20:43 / 01.07.2019
  • 281

Hongkongda norozilik namoyishi qatnashchilari qonunchilik kengashi – mahalliy parlament binosiga bostirib kirishdi. Ular politsiya bilan bir necha soatlik to‘qnshauvlardan so‘ng bunga muvaffaq bo‘lishdi, deb xabar berdi CNN.

Avvalroq qonunchilik kengashi tarixida ilk bor to‘liq evakuatsiya amalga oshirilgandi. Namoyishchilar bino derazalarini sindirib tashlashganidan so‘ng politsiyachilar qalqonlari bilan kirish joylarini to‘sib oldi.

Hongkongda jinoyatchilikda gumon qilinganlarni Xitoyning materik qismiga ekstraditsiya qilish haqidagi qonun loyihasi tufayli 12 iyun kuni tongda minglab namoyishchilar hukumat binolari joylashgan hududga olib boruvchi yo‘llarni to‘sib qo‘ydi. 15 iyun kuni hukumat davomli norozilik aksiyalariga sababli qonun loyihasini to‘xtatdi.

Hongkongda 1 iyulda hududning Xitoy yurisdiksiyasiga o‘tganiga 22 yil bo‘ldi.

Teglar