Video: Samarqandda bir qiz katta tezlikdagi attraksiondan yiqildi

  • 17:03 / 14.05.2019
  • 1163

Ijtimoiy tarmoqlarda Samarqand shahrida sodir bo‘lgan holat videosi tarqaldi. Undagi tasvirlarga ko‘ra, katta tezlikda aylanuvchi attraksionda uchayotgan bir qiz (yoki juvon) qurilma belbog‘i yechilib ketishi oqibatida yerga qulagan. U beton yuzaga urilgan va boshidan jarohat olgan.

Kun.uz manbalari ma'lumotiga ko‘ra, bu hodisa Samarqand shahrining temiryo‘l vokzali yaqinidagi madaniyat va istirohat bog‘ida (xalq tilida «Cherniy park») ro‘y bergan.

Hozircha mazkur hodisa yuzasidan rasmiy xabar berilmadi, jabrlanuvchining salomatligi bo‘yicha ham ma'lumot yo‘q.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekistonda nosoz attraksionlardan foydalanganlik uchun jarimalar joriy etilgan edi.