Vijdonlilikni saqlab, muvaffaqiyatga qanday erishish mumkin?

  • 05:48 / 20.10.2018
  • 4723
Foto: Pixabay

Erik Barker
Jurnalist, yozuvchi. Atrofdagilarga muvaffaqiyatli va samarali bo‘lishda yordam berish uchun ilm-fanning odam xulq-atvori borasidagi yutuqlarini tadqiq qiladi.

1-qoida. To‘g‘ri yo‘lni tanglang

Stenford biznes maktabi aspirantura o‘qituvchisidan u o‘z talabalariga qanday maslahat berishini so‘raganimda u quyidagicha javob berdi:

Yangi joyda ish boshlashdan avval bo‘lajak hamkasblarga e'tibor bering. Chunki vaqt o‘tgach, ular sizga emas, siz ularga o‘xshashingiz ehtimoli katta. Ularni o‘zgartira olmaysiz. Agar ular yoqmasa, bu yerda ishlab ketolmaysiz.

Mos kelmaydigan ish muhiti sizni yomon tomonga o‘zgartirib, baxsiz odamga aylantiradi. Tadqiqot natijalarining ko‘rsatishicha, vijdonsizlik yuqumli. Atrofdagilar halollik bilan ish yuritmayotganini ko‘rib, biz ham qoidalarni buzishni boshlaymiz.

Baxtni qarangki, jamoa xulq-atvori ikki tomonlama ta'sirga ega. Agar atrofdagilar ishini sidqidildan bajarsa, siz ham ishga aynan shunday yondashasiz. Agar salbiy muhitga tushib qolsangiz, yaxshi odamlar bilan birlashing.

Foto: Pixabay

2-qoida. Hamkorlikka birinchilardan bo‘lib qadam bosing

Garvard biznes maktabi o‘qituvchisi Dipak Malxotra talabalarga muzokaralar san'ati bo‘yicha ta'lim berayotganida muxolifga nisbatan qattiqqo‘llik o‘rniga birinchi navbatda simpatiya uyg‘otishni tavsiya qiladi.

O‘zaro hamkorlik tuyg‘usini shakllantirishda o‘z yordamini taklif qilish ham asosiy o‘rin tutishi mumkin. Xizmat va yordam u qadar katta bo‘lmasligi mumkin.

Ko‘pincha oddiy harakatlar (masalan, bir odamni boshqasiga tanishtirish uchun elektron xabarni yozish uchun 30 soniya) katta yordam (masalan, yangi ish) olib kelishi mumkinligini unutib qo‘yamiz.

3-qoida. Yodda tuting: fidokorlik — avliyolik emas, ahmoqlik belgisi

Umuman olganda atrofdagilarga ishonch – samarali. Har bir muayyan vaziyatda hamkorlik qay darajada muvaffaqiyatli bo‘lishini oldindan aytish qiyin. Biroq siz mag‘lub bo‘lishdan ko‘ra ko‘proq muvaffaqiyatga erishasiz. Ishonch effekti tadqiqoti natijalari shuni ko‘rsatdiki, eng muvaffaqiyatli kishilar atrofdagilarga bo‘lgan ishonchini 10 balga emas, 8 balga baholaydilar.

Biroq ko‘p berish orqali hissiy jihatdan yonishni boshlaymiz. Haftasiga ikki soat chin dildan yordam berish o‘zingizda ijobiy hislar paydo bo‘lishi uchun yetarli. O‘zingizni qurbon qilmayotganligingiz uchun aybdorlikni his qilish kerak emas, biroq vaqt yetishmayotgani uchun o‘zingizni oqlashingiz ham shart emas.

Foto: Pixabay

4-qoida. Qat'iyat bilan ishlang, biroq buni sezishlariga ham ahamiyat bering

Xudbin kishilardan nimani o‘rganish mumkin? Ular o‘z taraqqiyotini kuchli qilib ko‘rsatishdan uyalishmaydi. Xudbinlar o‘zlarini reklama qilishadi va o‘zlariga mos shartlardagina kelishuvga keladilar. Ular sezilarli bo‘lishga harakat qilishadi. Surbet odam bo‘lmay turib ham buni amalga oshirish mumkin. Yuqori ahloqiy jihatlarni yo‘qotmagan holda o‘zingizni biroz “ko‘rsatish” foydali.

Kishilar kim mehnat qilayotganini bilishmasa, u holda kimni taqdirlashni ham bilmaydilar.

O‘ylab ko‘ring, a'lo darajadagi mahsulotni reklama va marketologlar ishtirokisiz sotib bo‘larmidi? Bo‘lmasa kerak. Muvozanat qayerda?

Har juma kuni rahbaringizga hafta davomida amalga oshirgan yutuqlaringizni qisqa elektron xabarnoma shaklida yuboring. Agar: “O‘zi ko‘ryapti-ku”,- desangiz, xato qilasiz. Uning ishi va muammolari yetarli. Rahbaringiz siz yuborgan ijobiy xabarlarga qarab ishingizga baho beradi. Maoshingiz ko‘tarilishini so‘ragan vaqtingizda siz yuborgan xabarlarni o‘qishning o‘zi kifoya.

5-qoida. Kelajak haqida o‘ylang va boshqalarni ham shunday yo‘l tutishga majbur qiling

O‘zingizga istiqbollar eshigini ochish uchun barcha imkoniyatlardan foydalaning. Shartnomaga ko‘proq bosqichlarni kiriting. Odamlarga kelajakda qanday yordam ko‘rsata olishingiz haqida gapirib bering. O‘zaro hamkorlik, umumiy do‘stlar, takroriy aloqalar qanchalik ko‘p bo‘lsa, hamkoringizning sizga yaxshi munosabatda bo‘lishi manfaatli.

Odamlar ikkita ma'lumotni o‘zlari uchun belgilashga harakat qiladilar: istiqboldagi hamkorga ishonish mumkinmi va u bilan yana uchrashish ehtimoli qanday. Bu savollarga javoblar muayyan vaziyatda nima istashimiz darajasini belgilaydi.

Devid Desteno, Shimoliy-G‘arbiy universiteti ijtimoiy hissiyotlarni o‘rganish bo‘yicha guruh rahbari

Foto: Pixabay

6-qoida. Kechiring

Hayot shovqinli, murakkab va biz odamlar hamda ularning sabablari to‘g‘risida to‘liq, aniq ma'lumotga ega emasmiz. Ba'zida oddiy tushunmovchilik sabab hamkorlik qilishni istamaslik yuzaga keladi.

Tan oling, ba'zida o‘zingizga ham ishonmaysiz. Vazn tashlayotganingizni aytasiz, keyin kimdir kulchalar olib keladi va o‘sha zahoti parhez to‘g‘risida unutasiz. Bu bir umrga aybdor bo‘lib, hech qachon o‘zingizga ishonmasligingizni anglatadimi? Albatta, yo‘q.

Ba'zida ikkinchi imkoniyatni berish juda muhim. Siz ham, boshqalar ham mukammal emas. Ba'zida chalkashliklar sabab bajarishni maqsad qilgan ishlarni amalga oshirmaymiz.