«Vilgud» asoschilaridan samarali odatlar xit-paradi

  • 12:02 / 03.12.2018
  • 15493

Bugunga kelib samarali mehnat qilish, biznes sirlari kabi motivatsion mavzular dolzarb ahamiyat kasb etmoqda. KUN.UZ «Vilgud» asoschilaridan biri Barno Tursunovaning biznesda samarali ishlashga yordam beruvchi odatlar xit-paradi bilan bo‘lishishga qaror qildi.

1. Tez qaror qabul qilish va harakatni boshlash

Ba'zan turli o‘y-fikrlar va xavotirlarga shu qadar ko‘p energiya ketadiki, ishlashga kelganda kuch qolmaydi. Men energiyamni imkon qadar ko‘proq oldinga harakat qilish uchun yo‘naltiraman. Men tabiatan tadbirkorman va tavakkal qilishdan qo‘rqmayman.

2. Keraklisini saralash

Agar qaysidir g‘oya ish bermasligini tushunsam, buni o‘zim va jamoam oldida tan olishdan qo‘rqmayman. Biz natija keltirmaydigan narsalarga vaqt va resurs investitsiya qilishni to‘xtatamiz va boshqa yo‘nalishlardan ko‘proq natija olamiz.

3. Qilinayotgan ishga diqqatni jamlash

Men ish vaqtida o‘zimni to‘liq ishga bag‘ishlayman. Uyga kelishim bilan bor e'tiborimni oilam va yaqinlarimga qarataman.

4. Doimiy o‘qib o‘rganish

Samaradorligimning yana bir siri - doimo o‘z ishining ustalaridan o‘qib o‘rganishimda. Shundagina maksimal tezlikda harakat qilishning uddasidan chiqish mumkin.

Bundan avval KUN.UZ'da Barno Tursunovaning bolalarda tadbirkorlik qobiliyati rivojlantirishga oid maslahatlari taqdim etilgan edi.

Kichik do‘kondan Rossiyaning eng yirik avtoservislar tarmog‘igacha bo‘lgan yo‘lni bosib o‘tgan o‘zbek ishbilarmonlar oilasi tarixi bilan quyidagi havola orqali tanishishingiz mumkin.

Teglar