"VKontakte", "Yandeks" va "Mail.RU"da xodimlarning ovqatlanishi qanday tashkil etilgan?

  • 04:09 / 10.11.2014
  • 4640

Bugun Rossiyaning uchta yirik IT kompaniyasi “Yandeks”, “VKontakte” va “Mail.Ru Group” xodimlarining ovqatlanishlari qanday tashkil etilganligini e'tiboringizga havola etishga qaror qildik.

"VKontakte" matbuot kotibi Georgiy Lobushkin: Bizning xodimlarga asosiy shtabning o‘zida juda ko‘p turdagi yeguliklar taklif etiladi. Bular meva-sabzavotlar, shokolad, yogurt va o‘nlab turli ichimliklardir. Mutaxassislarimizning tushliklariga esa alohida e'tibor qaratiladi.

Bizning shaxsiy oshxonamiz yo‘q, shu bois ofisimiz atrofida jamoamiz ovqatlansa bo‘ladigan juda ko‘p qahvaxona va restoranlar bilan hamkorlik qilamiz.

 

Uyda ishlaydigan xodimlarimiz esa uyga ovqat yetkazish xizmatidan foydalanish imkoniyatiga ega. Bu holda ovqatlanish harajatlarini kompaniya qoplaydi.

Yandeks matbuot xizmati: Ishga joylashayotganda Yandeksning har bir xodimiga maxsus beyj beriladi, u bilan esa nafaqat ofisga kirish, balki tushlik harajatlarini to‘lash ham mumkin.

Har oy kompaniya ushbu beyjga belgilangan miqdorda pul o‘tkazadi, u bilan xodim korporativ oshxonalarda yoki Moskvadagi kompaniya hamkorlik qiladigan qo‘shni qahvaxonalarda ovqatlanishi mumkin. Ularda ta'bga ko‘ra taom tanlash imkoni mavjud bo‘ladi; kompaniyaning bosh oshxonasida taomnoma, albatta, kaloriyasi past ovqatlarni o‘z ichiga oladi.

 

Bundan tashqari, kompaniyaning har bir qavatida qahva, shirinlik, non, yong‘oq va meva bilan tamaddi qilib oladigan maxsus joylar ham mavjud.

Mail.Ru Group” PR-direktori Kseniya Chabanenko: “Mail.Ru Group” haftasiga 7 kun 24 soat rejimda ishlaydi, shu sababli bu yerda qorin to‘yg‘azish imkoni katta. Har bir qavatda istalgan payt ovqatlanib olsa bo‘ladigan maxsus joylar mavjud. U yerlarda ichimlik, turli bo‘tqalar, mevalar, shuningdek, uyidan ovqat olib kelishni xush ko‘ruvchilar uchun muzlatgich va mikroto‘lqinli pechlar ham bor.

Qahvani xush ko‘ruvchilar uchun birinchi qavatda “Starbucks” qahvaxonasi tashkil etilgan bo‘lib, bundan tashqari har bir qavatda qahva-mashinalari ham o‘rnatilgan. “Cafeterra” korporativ restoranida ertalab 9 dan ovqatlanish, tushlik qilish va kechki ovqat tanovvul qilish mumkin.

Yangi siqilgan sharbatni xush ko‘ruvchilar uchun kompaniyada vitamin-bar tashkil etilgan, u yerda xodimlar istalgan kokteyl va freshlar ichish mumkin.

 

Biroq “Mail.ru” xodimlaridan biri kompaniya ofisida ovqatlanish uchun ular o‘z mablag‘laridan foydalanishlarini ma'lum qildi.

Teglar