Volkswagen ishlab chiqarishni qayta boshlaydi

  • 08:11 / 16.04.2020
  • 301

Germaniyaning Volkswagen avtokonserni aprel oyi oxiridan boshlab mamlakatdagi zavodlarida qayta ishlab chiqarishni boshlaydi. Bu haqda DW xabar berdi.
Avtokonsernning 15-aprel kuni bergan bayonotida ID3 elektromobili ishlab chiqariladigan Svikkaudagi zavodi 20-apreldanoq ishlashni boshlaydi.
Volfsburg, Emden va Gannoverdagi zavodlar 27-apreldan ishga kirishadi.
Nemis avtogiganti koronavirus pandemiyasi sabab ishlab chiqarishni to‘xtatishga majbur bo‘lgan boshqa mamlakatlardan birinchi bo‘lib Slovakiya poytaxti Bratislavadagi zavod qayta ishlashni boshlaydi. U yerda ishchilar 20-apreldan ishga chiqishlari mumkin. 
27-apreldan esa Rossiya, Portugaliya, Ispaniya va AQShdagi zavodlar faoliyatini boshlaydi. May oyida esa JAR, Argentina, Braziliya va Meksikadagi zavodlar ham qayta ishga kirishadi.