WhatsApp yangi cheklov o‘rnatdi

  • 11:11 / 07.11.2019
  • 49

WhatsApp messenjeri yangi cheklovni joriy qildi. Foydalanuvchilar endi qanday kontaktlar guruhlarga qo‘shishi mumkinligini ko‘rsata olishadi. To‘g‘rirog‘i, tanlay olishadi.

Yangilik
 
Ishlab chiqaruvchilar messenjerning vazifalarini yaxshilashdi. Avvallari istagan odam WhatsApp foydalanuvchisini guruhlarga bemalol qo‘shishi mumkin edi. Endi esa bunga chek qo‘yildi.

WhatsApp’ning yangi vazifasidan foydalanish uchun “Sozlamalar”ga, undan keyin “Guruhlar” degan funksiyaga kirish kerak bo‘ladi. Ushbu ilovada “Mening ..... tashqari kontaktlarim” degan tugmacha bosilsa, nuqtalar o‘rniga istalgan kontaktingizni belgilashingiz mumkin. Tez orada bu yangi vazifa barcha uchun foydalanishga kiritiladi.