Words to Time istalgan matnni o‘qish uchun qancha vaqt sarflanishini hisoblaydi

  • 08:39 / 21.02.2019
  • 1818

Hisoblash mutolaa tezligingizdan kelib chiqqan holda amalga oshiriladi.

Taqdimot, brifing yoki boshqa chiqishlarga tayyorlanish vaqtida tayyorlangan matnni o‘qish qancha vaqt olishini bilish foydali bo‘ladi. Qadimgi vaqtlarda bo‘lgani kabi sekundomer orqali aniqlash mumkin, biroq  Words to Time saytidan foydalanish ancha qulay.

Bu resurs matningizdagi so‘zlar miqdorini o‘sha zahoti daqiqaga konvertatsiya qilib, taqdimotingiz qancha vaqt olishini ko‘rsatadi. Hisoblashda sizning mutolaa sur'atingiz hisobga olinadi. Tanlov uchun uch variant bor: daqiqasiga 100, 130 va 160 ta so‘z.

Matndagi so‘zlarni mustaqil o‘qish kerak emas, bu ham avtomatik tarzda sodir bo‘ladi. Undan nusxa olib, so‘zlarni kiritish joyiga qo‘yishning o‘zi kifoya. Misol uchun, ushbu maqolaning jami matnini o‘rtacha tezlikda o‘qish uchun bir daqiqadan kamroq vaqt sarfladingiz.

 


Teglar