$
12128.02 UZS
29.9
158.52 UZS
-0.12
14419.00 UZS
65.79
31° Kechasi 18°

OTMning kunduzgi, kechki va sirtqi ta’lim shakllari bo‘yicha o‘tkazilgan test sinovlari natijalari e’lon qilindi

16:49 / 17.08.2019

2019-yil 29-iyul – 15-avgust kunlari kunduzgi, sirtqi va kechki ta’lim shakllari bo‘yicha oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat yo‘nalishlariga kirish test sinovlari respublikaning 60 ta oliy ta’lim muassasalari va ularning 30 ta filiallarida ro‘yxatdan o‘tgan abituriyentlar uchun 66 ta katta sig‘imli binolarda o‘tkazildi. Tanlov yakunlari bo‘yicha natijalar bir hafta muddat ichida taqdim etiladi, deyilmoqda DTM xabarida.

Kunduzgi, kechki hamda sirtqi ta’lim shakli uchun oliy ta’lim muassasalariga abituriyentlar tomonidan jami 1 066 925 ta ariza (tanlov bir o‘zinga 10,28 ni tashkil qildi) (2018-yilda – 814 952 ta) qabul qilindi, shundan:
– kunduzgi, kechki ta’lim shakllariga 731 918 ta;
– sirtqi ta’lim shakliga 335 007 ta ariza tushdi.

Test sinovlarida 979 470 nafar abituriyentning ishtirok etishi rejalashtirilgandi.
Test sinovlarini topshirgan 954 075 nafar abituriyentning test sinovi natijalari hisoblandi, jumladan:
– kunduzgi, kechki ta’lim shakllarida – 660 773 nafar;
– sirtqi ta’lim shaklida – 293 302 nafar. 

Test sinovlarida 24 930 nafar abituriyent qatnashmagan. Shundan: 
– 16 913 nafari kunduzgi, kechki ta’lim shakli; 
– 8 017 nafari sirtqi ta’lim shaklidan.

Qoida buzgani sababli 465 nafar abituriyent test sinovlaridan chetlashtirilgan.

Eng yuqori ballar (189.0 ball) 11 ta oliy ta’lim muassasasining 14 ta ta’lim yo‘nalishida kuzatildi, jumladan: 
– Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining O‘zbek-ingliz tarjima nazariyasi va amaliyoti ta’lim yo‘nalishida;
– O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetining Xorijiy til va adabiyoti: ingliz tili, Filologiya va tillarni o‘qitish: ingliz tili va nemis tili ta’lim yo‘nalishida;
– Toshkent moliya institutining Iqtisodiyot (tarmoqlar va sohalar bo‘yicha) va Moliya ta’lim yo‘nalishlarida; 
– Qarshi davlat universitetining Filologiya va tillarni o‘qitish: o‘zbek tili ta’lim yo‘nalishida;
– Qoraqalpoq davlat universitetining Yurisprudensiya (faoliyat turlari bo‘yicha) ta’lim yo‘nalishida;  
– Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetining Xalqaro iqtisodiyot va menejment (mintaqalar va faoliyat yo‘nalishlari bo‘yicha) ta’lim yo‘nalishida;
– Buxoro tibbiyot institutining Davolash ishi (Buxoro) ta’lim yo‘nalishida;
– Samarqand tibbiyot institutining Davolash ishi (Qashqadaryo) ta’lim yo‘nalishida;
– Toshkent tibbiyot akademiyasining Davolash ishi (Sirdaryo) ta’lim yo‘nalishida;
– Qarshi muhandislik-iqtisodiyot institutining Iqtisodiyot (tarmoqlar va sohalar bo‘yicha) ta’lim yo‘nalishida; 
– Toshkent davlat yuridik universitetining Yurisprudensiya (faoliyat turlari bo‘yicha) ta’lim yo‘nalishida kuzatildi.

Eng yuqori ballar kirish imtihonlari 4 ta fandan iborat bo‘lgan Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining O‘zbek tili va adabiyoti ta’lim yo‘nalishida (232.1 ball), Filologiya va tillarni o‘qitish: o‘zbek tili ta’lim yo‘nalishida (238.6 ball) qayd etilgan.


Bu ham qiziq

Haj va Umra ziyoratlari uchun yagona elektron portal ishga tushirildi

Haj va Umra ziyoratlari uchun yagona elektron portal ishga tushirildi

Yangi tartib joriy yil 1-fevraldan boshlab Haj ziyoratiga borish uchun, 1-maydan esa Umra ziyorati uchun yagona portal orqal…
11:52 / 27.01.2026
28-yanvar kungi ob-havo ma’lumoti

28-yanvar kungi ob-havo ma’lumoti

Toshkent shahrida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, vaqti-vaqti bilan yog‘ingarchilik (yomg‘ir qorga aylanadi) bo‘ladi, tuman tushi…
16:57 / 27.01.2026
Buxoroda ham avtobuslarda elektron to‘lov tizimi joriy etiladi

Buxoroda ham avtobuslarda elektron to‘lov tizimi joriy etiladi

Buxoro shahridagi jamoat transportida yo‘lkira haqini to‘lashda naqd pulsiz to‘lov tizimi joriy etiladi.
10:59 / 26.01.2026
Rossiyaning O‘zbekistondagi elchisi TIVga chaqirtirildi

Rossiyaning O‘zbekistondagi elchisi TIVga chaqirtirildi

2026-yil 26-yanvar kuni O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Olimjon Abdullayev Rossiya Federatsiyasini…
17:45 / 27.01.2026
Rossiyada o‘tkazilgan reydlarda qariyb 400 nafar migrant qo‘lga olindi

Rossiyada o‘tkazilgan reydlarda qariyb 400 nafar migrant qo‘lga olindi

Reyd jarayonida jami 570 ga yaqin shaxs tekshiruvdan o‘tkazildi.
18:00 / 26.01.2026
Xorijda qiyin ahvolda qolganlarni vatanga qaytarish uchun qariyb 16 mlrd so‘m ajratilgan

Xorijda qiyin ahvolda qolganlarni vatanga qaytarish uchun qariyb 16 mlrd so‘m ajratilgan

2025-yil davomida Migratsiya agentligi tomonidan xorijda murakkab moliyaviy ahvolga tushib qolgan 3709 nafar yurtdoshimiz 22…
17:58 / 26.01.2026
2025-yilda asosiy kapitalga 591 trln so‘mlik investitsiyalar o‘zlashtirildi

2025-yilda asosiy kapitalga 591 trln so‘mlik investitsiyalar o‘zlashtirildi

Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, iqtisodiyot va ijtimoiy sohani rivojlantirish uchun 2025-yil yanvar-dekabr…
14:14 / 26.01.2026
O‘zbekiston tashqi savdo aylanmasi 2025-yilda 81,2 mlrd dollarni tashkil etdi

O‘zbekiston tashqi savdo aylanmasi 2025-yilda 81,2 mlrd dollarni tashkil etdi

Milliy statistika qo‘mitasining dastlabki ma’lumotlariga ko‘ra, 2025-yilda O‘zbekistonning tashqi savdo aylanmasi 81,2 mlrd …
16:44 / 27.01.2026
O‘zbekistonlik ayolning o‘ldirilishi Turkiyada noroziliklarga sabab bo‘ldi

O‘zbekistonlik ayolning o‘ldirilishi Turkiyada noroziliklarga sabab bo‘ldi

Istanbulda o‘zbekistonlik Durdona Hakimovaning o‘ldirilishi bo‘yicha tergov davom etmoqda. Ayolning jasadi Shishli tumanidag…
08:26 / 28.01.2026
“Javobgarlik muqarrar, jazo qattiq bo‘ladi!” – Shavkat Mirziyoyev

“Javobgarlik muqarrar, jazo qattiq bo‘ladi!” – Shavkat Mirziyoyev

“Bilib qo‘yinglar, davlatning har bir so‘mi bo‘yicha ta’sirchan nazorat o‘rnatiladi. Javobgarlik muqarrar, jazo qattiq bo‘la…
14:40 / 27.01.2026

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!