Bugun, 30-aprel kuni Tojikistonda koronavirus bilan bog‘liq 15 ta holat aniqlangan. Ularning 10 nafar holat Sug‘d viloyatida aniqlangan bo‘lsa, 5 nafar holat poytaxt – Dushanbe shahrida qayd etildi, deb yozmoqda Asia-plus.
Ma’lum qilinishicha, hozirda Tojikistonda 2 mingdan ortiq kishitibbiy kuzatuvga olingan.
Bundan tashqari, 4-maydan boshlab Tojikiston universitetlarining 1, 2 va 3-kurs talabalari uchun yozgi ta’til e’lon qilindi. Ularga avvalgi reyting asosida baholanishi rejalshtirilgan. Universitet bitiruvchilari imtihonlarni muddatidan oldin 15-maygacha topshirishlari kerak.
Esalatib o‘tamiz, Tojikiston koronavirus aniqlanmagan kam sonli davlatlardan biri edi. Mamlakatda muntazam ravishda koronavirusni aniqlash bo‘yicha testlar o‘tkazib kelinayotgan edi.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!