$
11774.92 UZS
9.71
139.17 UZS
-0.18
13588.26 UZS
1.8
31° Kechasi 18°

“Kusto”ga ovoz bergan G‘aybulla Hojiyev 64 yoshida olamdan o‘tdi

10:43 / 26.02.2020

Bugun, 26-fevral o‘zbek dublyajining eng yorqin vakillaridan biri, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist G‘aybulla Hojiyev 64 yoshida olamdan o‘tdi.

Ma’lumot uchun, taniqli kino, teatr va dublyaj aktyori 1956-yilda Buxoro viloyatida tug‘ilgan. 1973-1977-yillarda Toshkent davlat San’at institutida tahsil olgan.

1976-yilda Abror Hidoyatov teatrida ish boshlagan. 1987-yildan Hamza nomidagi o‘zbek davlat akademik teatrida faoliyatini boshlagan.

G‘aybulla Hojiyev shoir Azim Suyunning “Sarbadorlar” asarida Abu Bakr Kalaviy, Abdulla Oripovning “Sohibqiron” asarida Xoja Ahmad Yassaviy, Abdulla Qodiriyning “Mehrobdan chayon” spektaklida Solih mahdum, Ibrohim Sodiqovning “Afandining besh xotini” spektaklida Afandi, Hayitmat Rasulning “Piri koinot” spektaklida Ahmad Farg‘oniy, Shekspirning “Qirol Lir” asarida graf Gloster, Aleksandr Kosanoning “Yetti faryod” spektaklida Sabalo kabi o‘nlab rangbarang rollar ijro etgan.

Og‘ir xastalik tufayli teatrdan ketishga majbur bo‘lgan. Ammo, ijoddan to‘xtamay, turli tele va radio loyihalarda muntazam ishtirok etgan. G‘aybulla Hojiyev “Uqubat”, “Shabbona”, “Umid”, “Oqpadar” kabi ko‘plab filmlarda turli rollarni ijro etgan. Aktyor “Shaytanat” teleserialida Ahmadbey rolini o‘ynagan.

Xabardor.uz jamoasi marhumning vafoti munosabati bilan uning yaqinlariga chuqur ta’ziya bildiradi.


Bu ham qiziq

Bugun O‘zbekistonda havo +37 darajagacha isiydi

Bugun O‘zbekistonda havo +37 darajagacha isiydi

Bugun, O‘zbekiston bo‘ylab biroz bulutli ob-havo kuzatiladi. Aksariyat hududlarda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Faqat respubli…
17:27 / 14.09.2026
Aholi murojaatlari bilan ishlashda kamchilikka yo‘l qo‘ygan 151 nafar mansabdor lavozimidan ozod etildi

Aholi murojaatlari bilan ishlashda kamchilikka yo‘l qo‘ygan 151 nafar mansabdor lavozimidan ozod etildi

O‘zbekistonda 2026-yilning yanvar–avgust oylarida aholi murojaatlarini ko‘rib chiqishda kamchilikka yo‘l qo‘ygan 151 nafar d…
10:35 / 14.09.2026
Farg‘onada obodonlashtirish mansabdorlari 158,7 mln so‘m budjet mablag‘larini talon-toroj qilgani aniqlandi

Farg‘onada obodonlashtirish mansabdorlari 158,7 mln so‘m budjet mablag‘larini talon-toroj qilgani aniqlandi

Farg‘ona viloyatining Qo‘shtepa tumanida Obodonlashtirish boshqarmasi mas’ul shaxslari tomonidan 158,7 mln so‘mlik budjet ma…
14:45 / 15.09.2026
Qashqadaryodagi qadimiy Odirmon shahar yodgorligidan noyob ostodon va altar topildi

Qashqadaryodagi qadimiy Odirmon shahar yodgorligidan noyob ostodon va altar topildi

Qashqadaryo viloyati Qamashi tumanidagi Odirmon shahar arxeologik yodgorligida olib borilgan qazishmalar davomida diniy maro…
11:01 / 15.09.2026
Toshkentning kelajagi muhokama qilindi: yangi qurilishlar shahar infratuzilmasini zo‘riqtirmasligi kerak

Toshkentning kelajagi muhokama qilindi: yangi qurilishlar shahar infratuzilmasini zo‘riqtirmasligi kerak

Toshkentning jadal kengayishi fonida shahardagi shaharsozlik va ekologiya masalalariga bag‘ishlangan uchrashuv o‘tkazildi. U…
10:53 / 15.09.2026
Zelenskiy sobiq matbuot kotibi Yuliya Mendelga qarshi sanksiyalar joriy qildi

Zelenskiy sobiq matbuot kotibi Yuliya Mendelga qarshi sanksiyalar joriy qildi

Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy sobiq matbuot kotibi Yuliya Mendel va yana to‘qqiz kishiga nisbatan sanksiyalar joriy …
10:40 / 14.09.2026
AQSHda saylov oldidan musulmonlarga qarshi ritorika kuchaymoqda.

AQSHda saylov oldidan musulmonlarga qarshi ritorika kuchaymoqda.

AQSHda joriy yilning noyabr oyidagi oraliq saylovlar yaqinlashar ekan, ayniqsa Respublika partiyasi vakillari tomonidan musu…
16:23 / 13.09.2026
Sindorov qatnashadigan jahon chempionligi bahsining sovrin jamg‘armasi ma’lum qilindi

Sindorov qatnashadigan jahon chempionligi bahsining sovrin jamg‘armasi ma’lum qilindi

Amaldagi jahon chempioni Gukesh Dommaraju va o‘zbekistonlik da’vogar Javohir Sindorov o‘rtasidagi jahon chempionligi bahsini…
10:35 / 15.09.2026
Rossiyada jazo o‘tayotgan o‘zbekistonlik ayollarning farzandlari O‘zbekistonga qaytarildi

Rossiyada jazo o‘tayotgan o‘zbekistonlik ayollarning farzandlari O‘zbekistonga qaytarildi

Rossiyaning Mordoviya Respublikasi va Samara viloyatidagi jazoni ijro etish muassasalarida jazo o‘tayotgan O‘zbekiston fuqar…
10:32 / 15.09.2026
Samarqandda fuqaro hovlisidan bronza davriga oid qabr topildi

Samarqandda fuqaro hovlisidan bronza davriga oid qabr topildi

Samarqand viloyati Payariq tumanida fuqaroning hovlisida olib borilgan qazish ishlari vaqtida bronza davriga oid bo‘lishi mu…
15:20 / 14.09.2026

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!