$
11774.92 UZS
9.71
139.17 UZS
-0.18
13588.26 UZS
1.8
31° Kechasi 18°

Toshkent shahri va viloyati hududida noqonuniy faoliyat yuritgan diniy tashkilot a’zolari qo‘lga olindi

19:00 / 26.02.2020

Bugun, 26-fevral kuni Toshkent shahri va Toshkent viloyati hududida yashirin faoliyat olib borgan xalqaro terroristik tashkilot va ekstremistik oqim yollovchilarining g‘oyaviy ta’siriga tushgan bir guruh shaxslarning noqonuniy faoliyatiga chek qo‘yildi, deb xabar bermoqda Ichki ishlar vazirligi matbuot xizmati.

Ma’lumotlarga ko‘ra, mazkur shaxslar Toshkent shahri va Toshkent viloyati hududida noqonuniy diniy yig‘ilishlar o‘tkazib, unda Suriyadagi xalqaro terroristik tashkilotlar g‘oyalarini targ‘ib qilib, ushbu tashkilotlar safiga borib qo‘shilishni rejalashtirib kelgan.

Ushbu holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 2442-moddasi 1-qismi (diniy ekstremistik, separatistik, fundamentalistik yoki boshqa taqiqlangan tashkilotlar tuzish, ularga rahbarlik qilish, ishtirok etish) bilan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi doirasida poytaxt va viloyat hududidagi 24 ta manzilda tintuv o‘tkazilib, 21 nafar gumonlanuvchi ichki ishlar idoralariga keltirilgan.

Ushbu shaxslarning yashash manzillaridan jinoyatga aloqador bo‘lgan ashyoviy dalillar topilib, qonuniy tartibda rasmiylashtirildi. Hozirda tergov-surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

“O‘z navbatida, fuqarolarimiz, ayniqsa, yoshlarimizni ogohlantirib, bu kabi qonun buzilishlariga yo‘l qo‘ymaslik maqsadida buzg‘unchi g‘oyalar ta’siriga tushib, ijtimoiy tarmoqlar, shubhali saytlardagi da’vatlarga aldanib qolmaslik hamda jamoat tartibiga tahdid soluvchi materiallardan foydalanmaslik, saqlamaslik va tarqatmasliklarini so‘raymiz”, deyiladi vazirlik xabarida.


Bu ham qiziq

Prezident Shavkat Mirziyoyevning O‘zbekiston va Koreya hamkorligiga bag‘ishlangan maqolasi e’lon qilindi

Prezident Shavkat Mirziyoyevning O‘zbekiston va Koreya hamkorligiga bag‘ishlangan maqolasi e’lon qilindi

Koreya Respublikasining yetakchi nashrlaridan biri — The Chosun Dailyda Prezident Shavkat Mirziyoyevning “O‘zbekiston va Kor…
09:39 / 14.09.2026
Zelenskiy sobiq matbuot kotibi Yuliya Mendelga qarshi sanksiyalar joriy qildi

Zelenskiy sobiq matbuot kotibi Yuliya Mendelga qarshi sanksiyalar joriy qildi

Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy sobiq matbuot kotibi Yuliya Mendel va yana to‘qqiz kishiga nisbatan sanksiyalar joriy …
10:40 / 14.09.2026
Bugun O‘zbekistonda havo +37 darajagacha isiydi

Bugun O‘zbekistonda havo +37 darajagacha isiydi

Bugun, O‘zbekiston bo‘ylab biroz bulutli ob-havo kuzatiladi. Aksariyat hududlarda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Faqat respubli…
17:27 / 14.09.2026
Tirik odam vafot etgan deb rasmiylashtirilsa, xatoni qanday tuzatish mumkin?

Tirik odam vafot etgan deb rasmiylashtirilsa, xatoni qanday tuzatish mumkin?

Fuqaro tirik bo‘lishiga qaramay, uning vafoti davlat tomonidan rasmiy qayd etilishi jiddiy huquqiy va ma’muriy muammolarga o…
10:56 / 14.09.2026
Sud ishlariga aralashgan mansabdorlar endi 5 yilgacha qamoq jazosi olishi mumkin

Sud ishlariga aralashgan mansabdorlar endi 5 yilgacha qamoq jazosi olishi mumkin

O‘zbekistonda sud ishlariga aralashganlik uchun javobgarlik kuchaytirildi. Tegishli qonun 12-sentabrdan kuchga kirdi.
17:15 / 14.09.2026
Litva osmonida xavf: NATO qiruvchilari dronni urib tushirdi

Litva osmonida xavf: NATO qiruvchilari dronni urib tushirdi

15 sentyabr kuni NATO qiruvchi samolyotlari Litva havo hududiga kirgan dronni urib tushirdi. Bu haqda Litva Prezidenti Gitan…
11:06 / 15.09.2026
Avgust dunyo tarixidagi eng issiq oylardan biri bo‘ldi

Avgust dunyo tarixidagi eng issiq oylardan biri bo‘ldi

2026-yil avgust oyida Yer yuzida kuzatuvlar tarixidagi eng yuqori o‘rtacha haroratlardan biri qayd etildi. Yevropa Ittifoqin…
09:41 / 13.09.2026
Zo‘ravonlikka javob berish tizimi takomillashtirilmoqda.

Zo‘ravonlikka javob berish tizimi takomillashtirilmoqda.

O‘zbekistonda xotin-qizlarga nisbatan zo‘ravonlik holatlariga javob berish mexanizmlarini takomillashtirishga qaratilgan yan…
08:16 / 16.09.2026
Qirg‘izistonning Xitoy oldidagi qarzi 1,4 milliard dollar ekani ma’lum qilindi

Qirg‘izistonning Xitoy oldidagi qarzi 1,4 milliard dollar ekani ma’lum qilindi

Qirg‘izistonning Xitoy oldidagi davlat qarzi 1,4 milliard dollarni tashkil etmoqda. Bu haqda mamlakat moliya vaziri o‘rinbos…
15:27 / 14.09.2026
Toshkentda 1 kilogrammdan ortiq gashish 26 ming dollarga sotilayotganida ushlandi

Toshkentda 1 kilogrammdan ortiq gashish 26 ming dollarga sotilayotganida ushlandi

Toshkent shahrida katta miqdordagi giyohvandlik vositasining noqonuniy savdosiga chek qo‘yildi. Operatsiya Davlat xavfsizlik…
10:30 / 14.09.2026

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!