$
12557.56 UZS
-34.15
159.44 UZS
-0.74
14809.13 UZS
-12.57
43° Kechasi 27°

IMEI kodlarni ro‘yxatdan o‘tkazganlik uchun to‘lovni bekor qilish masalasi parlamentning quyi palatasida o‘rganiladi

18:54 / 21.02.2020

Joriy yil 21-fevral kuni Oliy Majlis Qonunchilik palatasining Innovatsion rivojlanish, axborot siyosati va axborot texnologiyalari masalalari qo‘mitasi tomonidan “MeningFikrim.uz” veb-portali orqali kelib tushgan IMEI identifikatsiya kodlarini ro‘yxatdan o‘tkazish uchun to‘lovni bekor qilish haqidagi jamoaviy murojaat yuzasidan jurnalistlar uchun brifing o‘tkazildi. 

Unda qayd etilganidek, parlament quyi palatasining Innovatsion rivojlanish, axborot siyosati va axborot texnologiyalari masalalari qo‘mitasi tomonidan “Mobil qurilmalarni yagona xalqaro identifikatsiya IMEI kodlari bo‘yicha ro‘yxatdan o‘tkazish tizimini takomillashtirish” masalasini o‘rganish boshlandi.

Mazkur o‘rganish Oliy Majlisning “MeningFikrim.uz” yagona jamoatchilik tashabbuslari veb-portali orqali kelib tushgan IMEI identifikatsiya kodlarini ro‘yxatdan o‘tkazish uchun to‘lovni bekor qilish haqida jamoaviy murojaat bo‘yicha qarorini tayyorlash doirasida o‘tkazilmoqda.

Brifingda masalani o‘rganish uchun parlamentning tegishli qo‘mitasi tomonidan deputatlar bilan birgalikda IT-biznesi, ilmiy va ekspert doiralari vakillari kirgan ishchi guruh tuzilgani ma’lum qilindi. Ta’kidlanganidek, o‘rganilayotgan masala yuzasidan qo‘mitaning ishi natijasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi yalpi majlisida ko‘rib chiqiladigan maxsus ma’ruza bo‘lishi kerak.

Qo‘mita tomonidan mazkur ma’ruzani tayyorlash doirasida quyidagi turdagi ishlarni amalga oshirish rejalashtirilmoqda:

- mobil qurilmalarni yagona xalqaro identifikatsiya IMEI kodlari bo‘yicha ro‘yxatdan o‘tkazish milliy tizimi faoliyati bilan bog‘liq statistik va moliyaviy ma’lumotlarni yig‘ish va tahlil qilish;
- mobil qurilmalar kodini ro‘yxatdan o‘tkazish uchun tushadigan mablag‘lar hajmi va olingan mablag‘larni aniqlash hamda ularni maqsadli sarflash mexanizmlarini o‘rganish;
- bojxona statistikasi ma’lumotlari asosida mobil aloqa texnikalari importi dinamikasi tahlili;
- import qiluvchilar va fuqarolar tomonidan IMEI kodlarni ro‘yxatdan o‘tkazish amaliyotini o‘rganish, ushbu faoliyatda muammolar ehtimolini aniqlash;
 -  mobil qurilmalarni davlat tomonidan ro‘yxatdan o‘tkazish tizimini tashkil etish va faoliyat yuritishi xalqaro tajribasining qiyosiy-taqqoslama tahlilini o‘tkazish;
- foydalanuvchilar o‘rtasida ijtimoiy so‘rovnoma o‘tkazish;
-  joriy qilingan mobil qurilmalar kodlarini ro‘yxatdan o‘tkazish tizimining tartibi, maqsad va vazifalarini aholiga yetkazish bo‘yicha axborot-tushuntirish ishlarining o‘tkazilishi samaradorligini o‘rganish  va boshqalar.

O‘rganilgan ishlar asosida qo‘mita mobil qurilmalarni yagona xalqaro identifikatsiya IMEI kodlari bo‘yicha ro‘yxatdan o‘tkazish uchun to‘lovni bekor qilish/qoldirishning maqsadga muvofiqligi, shuningdek, ushbu sohada faoliyatni takomillashtirish bo‘yicha ma’ruzada o‘z fikrini bayon qiladi va ushbu fikrni Oliy Majlis Qonunchilik palatasiga ko‘rib chiqish uchun taqdim etadi.


Bu ham qiziq

Xorazmda sudya pora bilan qo‘lga olindi

Xorazmda sudya pora bilan qo‘lga olindi

15 ming AQSH dollari talab qilgan sudyaning noqonuniy harakatlari fosh etildi
19:21 / 03.07.2025
Ohangaron shohko‘chasida transportlar harakati vaqtincha to‘xtatiladi

Ohangaron shohko‘chasida transportlar harakati vaqtincha to‘xtatiladi

Haydovchilarga muqobil yo‘llardan yurish tavsiya qilingan
21:14 / 03.07.2025
Ozarbayjon Rossiyada fuqarolarining vafot etishi yuzasidan jinoiy ish qo‘zg‘atdi

Ozarbayjon Rossiyada fuqarolarining vafot etishi yuzasidan jinoiy ish qo‘zg‘atdi

Bu haqda Ozarbayjon Bosh prokuraturasi matbuot xizmatiga tayanib, Qafqazinfo xabar berdi.
16:51 / 01.07.2025
Haj ziyoratida 8 nafar o‘zbekistonlik vafot etdi

Haj ziyoratida 8 nafar o‘zbekistonlik vafot etdi

“Joriy yildagi “Haj-2025” mavsumi davomida O‘zbekistondan 15 mingdan ziyod hojilarning Haj amallarini tartibli va namunali a…
12:17 / 01.07.2025
4-iyul kuni kutilayotgan ob-havo ma’lumoti

4-iyul kuni kutilayotgan ob-havo ma’lumoti

4-iyul kuni Toshkentda havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Sharqdan sekundiga 3-8 metr tezlikda shamol es…
15:39 / 03.07.2025
Turkiyadagi deportatsiya markazlaridan 50 nafar o‘zbekistonlik ayol vatanga qaytarildi

Turkiyadagi deportatsiya markazlaridan 50 nafar o‘zbekistonlik ayol vatanga qaytarildi

Migratsiya agentligi hamda Turkiya Respublikasi Mehnat va ijtimoiy himoya vazirligi mas’ullari o‘rtasida Turkiyada noqonuniy…
13:13 / 02.07.2025
Yekaterinburgda hibsga olingan ozarbayjonliklarga ayblov e’lon qilindi

Yekaterinburgda hibsga olingan ozarbayjonliklarga ayblov e’lon qilindi

Ular odam o‘ldirish va suiqasd kabi bir qator og‘ir jinoyatlarda ayblanmoqda.
12:03 / 03.07.2025
Nogironlik pensiyalari ham fuqaroning murojaatisiz tayinlanadi

Nogironlik pensiyalari ham fuqaroning murojaatisiz tayinlanadi

Ushbu ma’lumot fuqarolarga SMS-xabar ko‘rinishida yuboriladi.
13:07 / 01.07.2025
3-iyul kuni kutilayotgan ob-havo ma’lumoti

3-iyul kuni kutilayotgan ob-havo ma’lumoti

3-iyul kuni Toshkentda havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Sharqdan sekundiga 3-8 metr tezlikda shamol es…
16:02 / 02.07.2025
Ukraina va Buyuk Britaniya dron ishlab chiqaruvchi qo‘shma korxona tashkil qildi

Ukraina va Buyuk Britaniya dron ishlab chiqaruvchi qo‘shma korxona tashkil qildi

Raybird turkumidagi razvedka dronlari Britaniyada ishlab chiqariladi va Ukraina hamda NATO armiyalariga yetkazib beriladi.
16:51 / 03.07.2025

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!