Juma, 6-mart kuni qurollangan shaxslar Afg‘oniston poytaxti Qobulda o‘tkazilayotgan marosimga bostirib kirdi, u yerda afg‘on siyosiy arbobi Abdulla Abdulla ham bo‘lgan, deb xabar bermoqda Reuters.
“Hujum shov-shuv bilan boshlandi. Aftidan, marosim bo‘layotgan hududga portlovchi vositalar joylashtirilgandi. Abdulla va boshqa siyosatchilarga zarar yetmagan”, dedi Fredun Kvazun.
“Tolibon” vakillari 1995-yilda o‘ldirilgan Abdul Ali Mazariyning vafoti munosabati bilan o‘tkazilgan yig‘inga uyushtirilgan hujum uchun javobgarlikni o‘z zimmasiga oldi.
Qurbonlarning aniq soni tasdiqlangani yo‘q, biroq ijtimoiy tarmoqlarda yaradorlarning fotosuratlari tarqalmoqda.
Prezident Ashraf G‘ani hujumni “insoniyatga qarshi jinoyat” deb qoraladi.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!