$
12632.22 UZS
22.05
134.39 UZS
-0.85
13478.58 UZS
-48.35
27° Kechasi 14°

Tarixiy kelishuv. Tolibon va AQSh o‘rtasida tinchlik bitimi imzolandi

18:45 / 29.02.2020

Qatar poytaxti Dohada imzolangan tinchlik bitimi AQSh kuchlarining Afg‘onistondan butunlay chiqib ketishiga yo‘l ochadi, deb xabar bermoqda Al Jazeera.

Bugun, 29-fevral kuni AQSh rasmiylari va Tolibon vakillari Qatar poytaxtida Afg‘onistonda davom etgan uzoq yillik urushni to‘xtatish uchun bir necha oy davom etgan muzokaralardan so‘ng yakuniy tinchlik bitimini imzoladi.

Dohada Pokiston, Hindiston, Indoneziya, O‘zbekiston va Tojikiston rasmiylari ishtirokida imzolangan bu bitim Amerika qo‘shinlarini mamlakat hududidan olib chiqishga yo‘l ochadi.

Avvalroq, Tolibon barcha jangchilariga janglarni to‘xtatish va hujumlardan saqlanishni buyurgandi.

Dohadagi toliblar vakili Muhammad Naim kelishuvni “oldinga tashlangan qadam” deb baholadi.

“Bu kelishuv bilan Afg‘onistonda urush tugaydi”, dedi u Al Jazeera nashriga.

Bitim imzolanishidan bir necha daqiqa oldin AQSh va Afg‘oniston hukumati qo‘shma bayonotida aytilishicha, AQSh va NATO qo‘shinlari 14 oy ichida Afg‘onistondan chiqib ketishadi.

Afg‘onistonda qariyb 14000 AQSh qo‘shinlari va NATOning 39 ittifoqchisi va sherik-davlatlaridan 17000 ga yaqin harbiylar joylashgan.


Bu ham qiziq

Qozog‘iston sobiq ichki ishlar vaziri hibsga olindi

Qozog‘iston sobiq ichki ishlar vaziri hibsga olindi

Turgumbayev 2022-yil yanvar oyidagi fojiali voqealarda mansab vakolatini suiiste’mol qilganlikda ayblanmoqda.
10:11 / 30.04.2024
Bugun, 1-may kuni qanday ob-havo kuzatiladi?

Bugun, 1-may kuni qanday ob-havo kuzatiladi?

O‘zbekiston Respublikasi Gidrometeorologiya xizmati agentligining xabar berishicha, 1-may kuni Toshkentda havo o‘zgarib tura…
02:14 / 01.05.2024
Venesuelada talabalarning Falastinni qo‘llab-quvvatlash mitingi bo‘lib o‘tdi

Venesuelada talabalarning Falastinni qo‘llab-quvvatlash mitingi bo‘lib o‘tdi

Yuzlab talabalar shaharning markaziy ko‘chalaridan biri bo‘ylab yurish qilgan.
14:34 / 01.05.2024
G‘azoda qurbon bo‘lgan OAV xodimlari soni 142 nafarga yetdi

G‘azoda qurbon bo‘lgan OAV xodimlari soni 142 nafarga yetdi

Yana bir OAV xodimi va uning o‘g‘li Isroil hujumlari qurboni bo‘ldi.
17:37 / 30.04.2024
Toshkent viloyatidagi 6 ta tumanga yangi radarlar o‘rnatiladi

Toshkent viloyatidagi 6 ta tumanga yangi radarlar o‘rnatiladi

Bu bo‘yicha Toshkent viloyati hokimi Zoir Mirzayev tegishli farmoyishni imzoladi.
16:32 / 30.04.2024
Kolumbiyada vertolyot qulashi oqibatida 9 askar halok bo‘ldi

Kolumbiyada vertolyot qulashi oqibatida 9 askar halok bo‘ldi

Vertolyotning qulashi sabablarini aniqlash bo‘yicha tergov ishlari olib borilmoqda.
12:36 / 30.04.2024
“Bu el-yurtimizning necha yillik buyuk orzusi edi” – Shavkat Mirziyoyev

“Bu el-yurtimizning necha yillik buyuk orzusi edi” – Shavkat Mirziyoyev

Prezident futbol bo‘yicha O‘zbekiston yoshlar terma jamoasiga tabrik yo‘lladi.
09:27 / 30.04.2024
Afg‘onistonda qurollangan shaxslar masjidga hujum qildi. Qurbonlar bor

Afg‘onistonda qurollangan shaxslar masjidga hujum qildi. Qurbonlar bor

“Tolibon” ichki ishlar vazirligi matbuot kotibining xabar berishicha, bir guruh qurolli shaxs masjiddagi namozxonlarga hujum…
11:23 / 30.04.2024
“Samarqand – Toshkent – Samarqand” yo‘nalishida qo‘shimcha yo‘lovchi poyezdlar harakati yo‘lga qo‘yildi

“Samarqand – Toshkent – Samarqand” yo‘nalishida qo‘shimcha yo‘lovchi poyezdlar harakati yo‘lga qo‘yildi

Qo‘shimcha reyslar 2024-yilning 3, 4, 5-may kunlari amal qiladi.
18:01 / 01.05.2024
AQSh Oyga harbiy kuchlarini joylashtirmoqchimi?

AQSh Oyga harbiy kuchlarini joylashtirmoqchimi?

Amerika rasmiysining qayd etishicha, bunday darajaga erishish deyarli imkonsiz.
10:31 / 01.05.2024

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!