Yer yuzidagi eng qadimgi binolar ularni qurganlar haqida ko‘proq bilib olishimizga imkon beradi. Ular asosan katta tosh plitalaridan qurilgan va aksariyati bugunga kelib odamzod yashamaydigan hududlarda joylashgan. Bu borada ko‘plab tadqiqotlar o‘tkazilganiga qaramay, ular qurilgan davr taxminiy sanalar bilan belgilanadi. Qadim zamonlarda bugungidek zamonaviy qurilish texnikalarisiz qanday qilib bu kabi murakkab inshootlarni bunyod etishgani odamlarni hanuzgacha hayratga solib keladi.
Yunonistonning Atreus xazinasi (3250 yil avval)
Kivik maqbarasi (Shvetsiya, 3000 yil avval)
Naveta des Tudons (Ispaniya). Qabr, taxminan, 3200 yil oldin 100 kishiga mo‘ljallab qurilgan.
Karol (Peru). Eng qadimgi turar joy. 4600 yil oldin qurilgan.
Misrning Joser Piramidasi. (4700 yil avval).
Hulbjerg Jattestue (Daniya). 40 kishi sig‘adigan qabriston (5000 yil ilgari barpo qilingan).
Nyugreynj (Irlandiya). (5100 yil avval).
Monte D’Akkoddi (Italiya). 5200 yil oldin qurilgan.
“Knap of Howar” (Shotlandiya). 5500 yil oldin qurilgan. Yevropadagi eng qadimiy toshdan yasalgan uy.
Malta megalitik ibodatxonalari. (5500 yoshda).
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!