$
12052.05 UZS
39.93
165.30 UZS
-0.82
13985.20 UZS
49.94
31° Kechasi 18°

Germaniyadagi o‘zbekistonliklar saylovda qanday ovoz beradi? 

16:19 / 05.12.2019

Tashqi ishlar vazirligi bu yil 22-dekabrda O‘zbekistonda bo‘ladigan parlament saylovlari kuni yevropaning ayrim davlatlarida bo‘ladigan O‘zbekiston fuqarolari qyerda ovoz berishi mumkinligini ma’lum qildi. Vazirlik ma’lumotida Germaniya, Chexiya, Shvetsiya, Shveysariya va Lixtenshteyndagi O‘zbekiston fuqarolari bo‘lajak parlament saylovida ishtirok etish uchun qayerlarda ovoz berish manzillari tashkil etilgani keltirilgan

2019-yil 22-dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasiga saylov bo‘lib o‘tishi munosabati bilan O‘zbekistonning Germaniya federativ respublikasidagi elchixonasi quyidagilarni ma’lum qiladi.

O‘zbekiston Markaziy saylov komissiyasining qaroriga ko‘ra Germaniya hududida 18- va 47-saylov uchastkalari tuzilib, ular Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatlari saylovini o‘tkazuvchi 140-Darxon saylov okrugiga biriktirildi.

Germaniyada tashkil etilgan saylov uchastka manzillari: 

8-saylov uchastkasi – 
Perleberger Str. 62, 10559 Berlin, O‘zbekiston Respublikasi Elchixonasi binosida. Telefon: +49(0)30-39409830, faks: +49(0)30-39409862, elektron pochta: botschaft@uzbekistan.de

47-saylov uchastkasi – 
Eschenheimer Anlage 1, 60316 Frankfurt am Main, O‘zbekiston Respublikasi Bosh konsulxonasi binosida. Telefon: +49(0)69915011110, faks: +49(0)699 15011115, elektron pochta: gk.usbekistan@gmail.com;

Muddatidan oldin ovoz berish mumkin

O‘zbekiston fuqarolari yuqorida ko‘rsatilgan saylov uchastkalarida 12-19-dekabr kunlari soat 10:00 dan 18:00 gacha muddatidan oldin ovoz berishlari ham mumkin. 

Boshqa davlatlarida ham saylov uchastkalari tashkil etilgan  

Germaniya, Chexiya, Shvetsiya, Shveysariya va Lixtenshteyn hududida bo‘lib turgan O‘zbekiston fuqarolarining saylov huquqini ta’minlash maqsadida uchastka saylov komissiyalari quyidagi manzillarda muddatidan oldin ovoz berishni tashkillashtiradi: 

– 14-dekabr kuni soat 10:00 dan 18:00 gacha Sveavägen 73, 11380 Stockholm manzilida joylashgan Stokgolm shahar kutubxonasi (Stockholms Stadsbibliotek) binosida; 

– 15-dekabr kuni soat 10:00 dan 18:00 gacha Václavské nám. 28110 00 Nové Město manzilida joylashgan “O‘zbegim” jamiyati binosida; 

– 15-dekabr kuni soat 15:00 dan 18:00 gacha Helene-Mayer-Ring 9, 80809 München manzilida joylashgan studentlar Olimpiya markazi (Olympisches Dorf) binosida. 

Ovoz berishda ishtirok etish uchun saylovchi shaxsini tadiqlovchi hujjatni (passport – nobiometrik, biometrik, xorijga chiqish uchun yoki diplomatik, harbiy guvohnoma, O‘zbekiston Respublikasiga qaytish guvohnomasi) taqdim qilishi zarur. 

Shuningdek, saylov.mfa.uz sayti orqali oldindan ro‘yxatdan o‘tib qo‘yish ham so‘ralgan ma’lumot so‘ngida. 


Bu ham qiziq

Toshkent va Samarqandda qariyb 6 kilogrammga yaqin narkotik moddalar musodara qilindi

Toshkent va Samarqandda qariyb 6 kilogrammga yaqin narkotik moddalar musodara qilindi

Toshkent va Samarqand viloyatlarida o‘tkazilgan tezkor tadbirlar davomida yirik miqdordagi giyohvandlik vositalari musodara …
10:13 / 16.06.2026
Andijonda 40 sotix yer uchun 160 ming dollar so‘ragan firibgar ushlandi

Andijonda 40 sotix yer uchun 160 ming dollar so‘ragan firibgar ushlandi

Andijon viloyatida davlat zaxirasidagi yer maydonini sotishni va’da qilgan shaxs firibgarlikda qo‘lga olindi
17:37 / 16.06.2026
Toshkent xalqaro investitsiya forumi rasmiy homiylarini e’lon qildi

Toshkent xalqaro investitsiya forumi rasmiy homiylarini e’lon qildi

Forum 16–18-iyun kunlari Toshkent shahrida bo‘lib o‘tadi hamda dunyoning turli mamlakatlaridan yetakchi investorlar, xalqaro…
18:18 / 15.06.2026
Surxondaryoda Afg‘onistondan olib kirilgan 37 kg dan ortiq narkotik to‘xtatib qolindi

Surxondaryoda Afg‘onistondan olib kirilgan 37 kg dan ortiq narkotik to‘xtatib qolindi

Surxondaryo viloyatida Davlat xavfsizlik xizmati va Ichki ishlar boshqarmasi hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirlar davom…
14:32 / 17.06.2026
Toshkentda yuk mashinalarining harakati vaqtincha cheklandi

Toshkentda yuk mashinalarining harakati vaqtincha cheklandi

16–18-iyun kunlari poytaxtda Toshkent xalqaro investitsiya forumi o‘tkazilishi munosabati bilan shaharga yuk avtomobillarini…
16:32 / 16.06.2026
“Endeavour Mining” O‘zbekistonda istiqbolli konlarni o‘zlashtirishga qiziqish bildirdi

“Endeavour Mining” O‘zbekistonda istiqbolli konlarni o‘zlashtirishga qiziqish bildirdi

15-iyun kuni Investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri Laziz Kudratov Buyuk Britaniyaning “Endeavour Mining” kompaniyasi inves…
16:14 / 16.06.2026
Saida Mirziyoyeva AQSh Eksimbanki prezidenti va Xalqaro moliyaviy taraqqiyot korporatsiyasi bosh ijrochi direktori bilan uchrashdi

Saida Mirziyoyeva AQSh Eksimbanki prezidenti va Xalqaro moliyaviy taraqqiyot korporatsiyasi bosh ijrochi direktori bilan uchrashdi

Toshkent investitsiya forumi doirasida Saida Mirziyoyeva AQSh Eksimbanki prezidenti Jon Yovanovich hamda Xalqaro moliyaviy t…
09:34 / 17.06.2026
5-Toshkent xalqaro investitsiya forumida (TIIF-2026) Platinum homiy sifatida ishtirok etmoqda

5-Toshkent xalqaro investitsiya forumida (TIIF-2026) Platinum homiy sifatida ishtirok etmoqda

Jahon miqyosida energetika transformatsiyasi jadallashayotgan bir davrda dunyo mamlakatlari energiya xavfsizligini mustahkam…
18:00 / 15.06.2026
Qirg‘izistonda blogerlar 5 yilga soliqlardan ozod qilindi

Qirg‘izistonda blogerlar 5 yilga soliqlardan ozod qilindi

Imtiyozlarni blogerlar, startaplar, autsorsing kompaniyalari, kino, video va telemahsulotlar ishlab chiqaruvchilar va boshqa…
16:56 / 17.06.2026
Navoiyda uch kishining o‘limiga sabab bo‘lgan avtobus haydovchisi 10-yilga qamaldi

Navoiyda uch kishining o‘limiga sabab bo‘lgan avtobus haydovchisi 10-yilga qamaldi

Navoiy viloyatida 47 nafar yo‘lovchi bo‘lgan avtobus ishtirokida sodir bo‘lgan yirik yo‘l-transport hodisasi yuzasidan sud h…
14:33 / 16.06.2026

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!