Joriy yilning 21-fevral kuni 12 avtobus saroyi tasarrufidagi 130 yo‘nalishda qatnovchi avtobus haydovchisi M.U yo‘lovchi tashish qoidalarini qo‘pol ravishda buzgani aniqlandi.
“Toshshahartransxizmat” AJning xabariga yo‘nalishli taksi transport vositasi bilan avtobus haydovchisi poyga o‘ynagan. Haydovchining ehtiyotsizligi natijasida yo‘lovchi R.K yiqilib, jarohatlangan. Avtobus haydovchisi yo‘lovchi olib yurish tartib-qoidalarini qo‘pol ravishda buzganligi uchun YHX boshqarmasi tomonidan bayonnoma tuzilgan va oylik maoshi hisobidan jarimaga tortilgan.
Bundan tashqari 1-avtobus saroyi tasarrufidagi 15-yo‘nalishda chiptachi bo‘lib ishlovchi K.F harakat vaqtida avtobus salonida tamaki mahsuloti iste’mol qilgani uchun oylik maoshiga jarima solingan.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!