$
11765.76 UZS
-17.71
139.71 UZS
0.01
13638.87 UZS
-49.99
31° Kechasi 18°

Kun muammosi: Koronavirus haqida shifokor nima deydi? Yuqtirmaslik uchun nima qilish kerak?

13:05 / 29.01.2020

Xitoyda paydo bo‘lgan va tez suratlarda qo‘shni davlatlarga ham tarqalayotgan koronavirus hammani vahimaga solib qo‘ydi. So‘nggi statistik ma’lumotlarga ko‘ra, hozirda butun dunyoda virusdan zararlanganlar soni 6000 nafardan oshdi. O‘zbekistonda bu virus aniqlanmagan bo‘lsa-da, u haqdagi turli ma’lumotlar, xabarlar allaqachon tarqalib ulgurdi.

Ogohlantirish qurollanish bilan barobar deganlaridek, kasallik haqida barcha zaruriy ma’lumotlarga ega bo‘lsak, unga qarshi ishonchli himoyaga ega bo‘lamiz. Virus qanday yuqadi va uni yuqtirib olmaslik uchun nima qilish kerak? Xabardor.uz shu kabi savollar bilan shifokor-infeksionist Muhayyo Ahmedovaga murojaat qildi.

• Koronavirus nima?

Koronavirus viruslar guruhiga kiruvchi, havo-tomchi yo‘li orqali yuqadigan, virusli infeksiyadir. U o‘zida bir spiralli RNK makromolekulali genomga ega virus turi hisoblanadi. Virusning tashqi tomoni oqsil membrana bilan qoplangan bo‘lib, yuzasida korona, ya’ni tojga o‘xshash bo‘rtishlar mavjud bo‘lgani sabab virus koronavirus deb nomlangan.

• Qanday yuqadi?

Virus ko‘pincha hayvon (quyon, ilon, ko‘rshapalak)lar va qushlar orqali yuqadi. Ularning go‘shtini yaxshi pishmagan holatda iste’mol qilish oqibatida virus odamga yuqadi. Hayvon tanasidan odam tanasiga tushgan virus hujayralarga kirib o‘z shakli va tuzilishini o‘zgartiradi (mutasiya) va atipik pnevmoniya (zotiljam)ni paydo qiladi.
    
Xitoyda kuzatilayotgan pandemiya mana shular sabab paydo bo‘lgan bo‘lishi mumkin, deb taxmin qilinmoqda. Shuningdek, virus kasal odam bilan muloqot qilish vaqtida, alimentar (maishiy) yo‘l orqali ham yuqadi.

 • Kasallikning davosi bormi?

Virus o‘z vaqtida aniqlansa, uning belgilarinigina barataf etish mumkin. Bu odamning umumiy ahvolini yengillashtiradi va mavjud asoratlarning oldini oladi. Lekin bu virusga qarshi davo hali topilmaganligi, virusning dori-darmonlarga chidamliligi yuqori bo‘lgani sababli kasallikni to‘liq yo‘qotishning imkoni yo‘q.

• Koronavirus sabab o‘limlar soni ortib borayotganligini qanday izohlaysiz?

Koronavirus odam organizmiga tushgandan keyin tezda rivojlanib, yuqori va pastki nafas yo‘llarini zararlaydi: bronxit va atipik zotiljamni qo‘zg‘atadi. Qarabsizki, inson kuchli nafas qisishi sabab halok bo‘ladi. 

• Virusni yuqtirmaslik uchun...

Virusni yuqtirib olmaslik uchun birinchi navbatda gigiyena qoidalariga rioya qilish kerak. Ko‘chadan kelganda, albatta, qo‘lni yaxshilab sovunlab yuvish zarur. 

Xonani tez-tez shamollatib turish, to‘g‘ri ovqatlanib yurish, himoya niqobini taqish zarur. Tanani chiniqtirish, immunitetni mustahkamlash, o‘z vaqtida dam olish kerak. 

Nargiza Utepova, Axror Hayrullayev tayyorladi
Tasvirchi: Akmal Qudratov


Bu ham qiziq

Dunyo futbolida ilk bor qora kartochka joriy etildi: u o‘yinni muddatidan oldin yakunlash uchun qo‘llanadi

Dunyo futbolida ilk bor qora kartochka joriy etildi: u o‘yinni muddatidan oldin yakunlash uchun qo‘llanadi

Ruminiya futbol federatsiyasi (FRF) dunyoda birinchi bo‘lib qora kartochkani joriy etdi. Yangi chora yoshlar futboli uchrash…
12:05 / 12.09.2026
Norvegiya qirolining vafotidan ikki hafta o‘tib, uning opasi ham vafot etdi

Norvegiya qirolining vafotidan ikki hafta o‘tib, uning opasi ham vafot etdi

Norvegiya qiroli Harald V vafotidan ikki hafta o‘tib, uning opasi — malika Astrid 94 yoshida olamdan o‘tdi. Bu haqda Norvegi…
11:44 / 13.09.2026
Toshkentda avval sudlangan shaxs 1,1 kilogrammdan ortiq gashish bilan ushlandi

Toshkentda avval sudlangan shaxs 1,1 kilogrammdan ortiq gashish bilan ushlandi

Toshkent shahrida 1 kilogrammdan ortiq gashishni 26 ming AQSH dollariga sotishga uringan, avval ham giyohvandlik bilan bog‘l…
09:26 / 12.09.2026
Prezident Shavkat Mirziyoyevning O‘zbekiston va Koreya hamkorligiga bag‘ishlangan maqolasi e’lon qilindi

Prezident Shavkat Mirziyoyevning O‘zbekiston va Koreya hamkorligiga bag‘ishlangan maqolasi e’lon qilindi

Koreya Respublikasining yetakchi nashrlaridan biri — The Chosun Dailyda Prezident Shavkat Mirziyoyevning “O‘zbekiston va Kor…
09:39 / 14.09.2026
Ishlaydigan onalarga farzandi bir yoshga to‘lguncha nafaqa to‘lanadi

Ishlaydigan onalarga farzandi bir yoshga to‘lguncha nafaqa to‘lanadi

O‘zbekistonda ishlaydigan onalarga farzandi bir yoshga to‘lguniga qadar Ijtimoiy sug‘urta jamg‘armasidan nafaqa to‘lanadi.
16:54 / 12.09.2026
Prezident yangi O‘zbekiston Milliy muzeyi qurilishi bilan tanishdi

Prezident yangi O‘zbekiston Milliy muzeyi qurilishi bilan tanishdi

Prezident Shavkat Mirziyoyev Toshkent shahrida barpo etilayotgan yangi O‘zbekiston Milliy muzeyining qurilish jarayoni bilan…
09:12 / 12.09.2026
Fransiya va Slovakiya Alisher Usmonovni YEI sanksiyalaridan chiqarishni so‘ramoqda

Fransiya va Slovakiya Alisher Usmonovni YEI sanksiyalaridan chiqarishni so‘ramoqda

Fransiya Slovakiyaga qo‘shilib, kelib chiqishi o‘zbekistonlik bo‘lgan milliarder Alisher Usmonovni Yevropa Ittifoqi sanksiya…
12:29 / 12.09.2026
Dunyoda 739 million katta yoshli inson savodsiz — YUNESKO

Dunyoda 739 million katta yoshli inson savodsiz — YUNESKO

Dunyoda 739 million nafar voyaga yetgan inson oddiy savodxonlik ko‘nikmalariga ega emas. Ularning qariyb uchdan ikki qismini…
12:32 / 12.09.2026
Farg‘onada buvisini o‘ldirib, uyiga o‘t qo‘ygan yigit 17 yilga qamaldi

Farg‘onada buvisini o‘ldirib, uyiga o‘t qo‘ygan yigit 17 yilga qamaldi

Farg‘ona viloyatining Bag‘dod tumanida 20 yoshli yigit buvisini o‘ldirib, jinoyat izlarini yashirish maqsadida uning jasadi …
09:38 / 13.09.2026
Ekopolitsiya xodimi o‘limi yuzasidan 3 nafar shaxsga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Ekopolitsiya xodimi o‘limi yuzasidan 3 nafar shaxsga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Sirdaryoda xizmat vazifasini bajarish vaqtida halok bo‘lgan Ekopolitsiya xodimi Mirzo Botirovning o‘limi yuzasidan uch nafar…
11:37 / 11.09.2026

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!