$
12158.13 UZS
-33.12
153.98 UZS
-0.22
14166.65 UZS
55.28
31° Kechasi 18°

Xabardor.uzda “Oqshom ertaklari” loyihasining ilk soni

21:01 / 23.03.2020

Xabardor.uzda “Oqshom ertaklari” loyihasining ilk soni! Mazkur loyiha bolajonlarning bo‘sh vaqtlarini yana-da mazmunli o‘tkazishda ota-onalar va tarbiyachilarga oz bo‘lsa-da ko‘mak berish maqsadida yo‘lga qo‘yildi. Endi siz sayt orqali farzandingiz uchun tarbiyaviy ahamiyati yuqori bo‘lgan eng sara ertak namunalarini audioformatda yuklab olishingiz yoki matn shaklida o‘qib berishingiz mumkin. 

Oqshom ertaklari: Ovchi va bo‘ri

Bir bor ekan, bir yo‘q ekan, bir bo‘ri bor ekan. Bo‘ri qo‘ylarga hujum qilaverib, cho‘ponlarning joniga tegibdi. Ular ovchiga arz qilibdilar. Ovchi bo‘ri izidan tushib o‘rmonga kiribdi. Bo‘ri qo‘rqib o‘rmondan qochib chiqibdi. Ovchi uni tirqiratib quvibdi.
Quvaveripti, quvaveripti, bo‘rining tinkasi quribdi. Bo‘ri oxiri qochadigan joy topolmay qolipti. Shu vaqt to‘satdan qop ko‘targan bir chol uchrab qolipti.
— Assalomu alaykum, chol bobo, — debdi bo‘ri. — Menga rahmingiz kelsin, ovchining qo‘lidan qutqaring. U meni otib tashlaydi. Yosh jonimga rahm qiling.
Uning ko‘z yoshini ko‘rib, cholning rahmi kelibdi.
— Kel, qopga kir, — debdi chol.
Bo‘ri qopga kiribdi. Chol qopni orqalab ketaveribdi.
Chol oldidan ovchi chiqibdi.
— Bobo, shu yerdan bo‘ri o‘tmadimi? Ko‘rmadingizmi? — deb so‘rabdi ovchi.
— Yo‘q, ko‘rmadim, — debdi chol.
Ovchi oshiqib chopganicha nari ketibdi.
— Qopdan chiq, qutulding, debdi chol bo‘riga. Bo‘ri qopdan chiqibdi.
— Endi ortingga qayt, o‘rmonga ketaver, — debdi chol.
— Nimaga, debdi bo‘ri. — Men ochman, seni yeyman.
— Voy noinsof. Men seni o‘limdan qutqazib qolib, yaxshilik qilsam-u, sen meni yeysanmi?
— Ha, ishim yomonlik, — debdi bo‘ri. Ular janjallashib turgan ekanlar, birdan tulki kelib qolibdi.
— Ha, nima gap? — deb so‘rabdi tulki.
— Yaxshilikka bo‘ridan yomonlik qaytayapti, — deb ko‘z yoshi qilibdi chol. Bo‘ri voqeani aytib beribdi.
Tulki debdi:
— Gapingga ishonmayman, bo‘ri. Nahotki bo‘ri shu kichkina qopga sig‘sa…
— Ha, sig‘aman, — debdi bo‘ri.
— Bo‘lmasa qopga kirib ko‘r-chi, men o‘z ko‘zim bilan ko‘rib ishonay. Keyin cholni yesang, mayli, haqqing bor, — debdi u.
Bo‘ri darrov qopga kiribdi.
— Qopning og‘zini bogiang, bobo, — debdi tulki.
Chol darrov qopning og‘zini bog‘labdi.
Bo‘ri endi ming yalinsa ham, chol uni qopdan chiqarmabdi.

Qissadan hissa shuki, yomonlik aslo jazosiz qolmaydi. Kimgadir yaxshilik qilsangiz u albatta qaytadi.

Loyiha yuzasidan murojaat va takliflaringizni kutib qolamiz! 

Telegram: @Xabardor_murojaatlar_bot
E-mail: info@xabardor.uz


Bu ham qiziq

9-mart kuni ayrim hududlarda qor yog‘ishi mumkin

9-mart kuni ayrim hududlarda qor yog‘ishi mumkin

“O‘zgidromet” 9-mart uchun ob-havo prognozini e’lon qildi. Unga ko‘ra, dushanba kuni havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, qator hududl…
14:11 / 08.03.2026
O‘zbekistonda baliq ovlash ma’lum muddatga taqiqlandi

O‘zbekistonda baliq ovlash ma’lum muddatga taqiqlandi

1-martdan 31-maygacha Amudaryo va Sirdaryoda, 26-apreldan 10-iyungacha Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatidagi …
16:41 / 10.03.2026
Toshkent aeroporti va Surxondaryoda narkotik moddalar savdosi fosh qilindi

Toshkent aeroporti va Surxondaryoda narkotik moddalar savdosi fosh qilindi

“Toshkent-Aero” ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi tezkor tuzilmalari tomonidan giyohvandlik vositalarining noqonuniy oli…
16:19 / 10.03.2026
Shveysariyada avtobus yonib ketishi oqibatida 6 kishi halok bo‘ldi

Shveysariyada avtobus yonib ketishi oqibatida 6 kishi halok bo‘ldi

Shveysariyaning g‘arbiy qismidagi kichik shaharchada avtobus yong‘inida kamida 6 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda The Associated…
11:01 / 11.03.2026
Chexiyada pasportsiz qolgan o‘zbekistonlik vatanga qaytarildi

Chexiyada pasportsiz qolgan o‘zbekistonlik vatanga qaytarildi

“Chexiyaga ishlash maqsadida kelgan, biroq ayrim huquqiy muammo va moliyaviy sabablarga ko‘ra, murakkab vaziyatga tushib qol…
09:46 / 10.03.2026
Putin Eronning saylangan oliy rahbari Mo‘jtabo Xomanaiyni tabrikladi

Putin Eronning saylangan oliy rahbari Mo‘jtabo Xomanaiyni tabrikladi

Rossiya prezidenti Vladimir Putin Eronning saylangan oliy rahbari Mojtaba Xomanaiyni tabrikladi.
17:56 / 09.03.2026
Qirg‘izistonga yashirincha olib ketilayotgan 2,1 mlrd so‘mlik oltin quymalar to‘xtatib qolindi

Qirg‘izistonga yashirincha olib ketilayotgan 2,1 mlrd so‘mlik oltin quymalar to‘xtatib qolindi

Ekspertiza xulosasiga ko‘ra, ularning sof og‘irligi 1 kg 232 gr bo‘lib, umumiy bahosi 2 mlrd 182 mln 466 ming so‘mni tashkil…
09:54 / 11.03.2026
11-mart uchun ob-havo ma’lumoti

11-mart uchun ob-havo ma’lumoti

Toshkent shahrida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, kechasi biroz qor yog‘ishi mumkin.
16:16 / 10.03.2026
Surxondaryoda o‘qituvchi 180 ming dollarga narkotik sotayotgan paytda ushlandi

Surxondaryoda o‘qituvchi 180 ming dollarga narkotik sotayotgan paytda ushlandi

Holat yuzasidan unga nisbatan Jinoyat Kodeksining 273-moddasi 5-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, “qamoq” ehtiyot chora…
09:27 / 10.03.2026
Vaqtincha mehnatga layoqatsizlik nafaqasini tayinlash va to‘lash tartibi takomillashtirildi

Vaqtincha mehnatga layoqatsizlik nafaqasini tayinlash va to‘lash tartibi takomillashtirildi

Ushbu tartibga muvofiq, vaqtincha mehnatga layoqatsizlik nafaqasini tayinlash va to‘lash bilan bog‘liq barcha jarayonlar dav…
09:25 / 11.03.2026

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!