$
12705.00 UZS
-6
136.11 UZS
-0.2
13543.53 UZS
5.04
22° Kechasi 10°

"O‘rikzor" bozori ham vaqtinchalik yopildi

16:43 / 23.05.2020

Toshkent shahar hokimligi "O‘rikzor" savdo majmuasida koronavirus infeksiyasi aniqlanganini tasdiqladi.

Hokimlikka ko‘ra, kecha, 22-may kuni “O‘rikzor“ savdo majmuasi MChJda jami 789 nafar fuqarodan surtmalar olingan. Tahlil natijalariga ko‘ra, mazkur savdo majmuasidagi oziq-ovqat do‘konida sotuvchi bo‘lib ishlovchi fuqaroda koronavirus infeksiyasi tasdiqlangan.

“Ayni paytda ushbu bemor bilan muloqotda bo‘lgan barcha fuqarolar o‘rnatilgan tartibda qat’iy karantin kuzatuviga olindi”, deyiladi Toshkent shahar hokimligi xabarida.

Shunga ko‘ra, “O‘rikzor” savdo majmuasida epidemiologik surishtiruv ishlarini o‘tkazish hamda kasallik tarqalishining oldini olish, sanitar tozalash va zararsizlantirish ishlarini o‘tkazish maqsadida savdo majmuasi faoliyati vaqtincha to‘xtatilgan.

Eslatib o‘tamiz, 11-may kuni “Farhod” bozori hududidagi avtomobil ehtiyot qismlari savdo majmuasida ham koronavirusga gumon qilinib bir nafar shaxs izolyatsiyaga olingan, ammo 12-may kuni SSV 989-yilda tug‘ilgan ushbu fuqarodan koronavirusga o‘tkazilgan diagnostik tahlil unda  “Covid-19”  infeksiyasi  aniqlanmaganligini ma’lum qilgan edi.

Uchtepa tuman hokimiyati esa do‘konlarni sanitariya qoidalarida belgilangan standartlarga muvofiq tayyorlash bo‘yicha ishlar olib borilgandan so‘ng, avtoulov ehtiyot qismlari do‘konlari o‘z faoliyatini davom ettirishini ma’lum qilgandi.


Bu ham qiziq

AQShdagi o‘rtacha oylik statistikasi e’lon qilindi

AQShdagi o‘rtacha oylik statistikasi e’lon qilindi

Amerikadagi o‘rtacha oyliklar bilan tanishing.
15:59 / 22.04.2024
Malayziyada ikkita vertolyot to‘qnashib ketishi oqibatida 10 kishi halok bo‘ldi

Malayziyada ikkita vertolyot to‘qnashib ketishi oqibatida 10 kishi halok bo‘ldi

Favqulodda vaziyatga nima sabab bo‘lgani hozircha noma’lum.
15:13 / 23.04.2024
G‘azodagi qurbonlar soni 34 151 nafarga yetdi

G‘azodagi qurbonlar soni 34 151 nafarga yetdi

So‘nggi 24 soat ichida anklavning yana 54 nafar fuqarosi halok bo‘lgan.
12:51 / 23.04.2024
Britaniya tashqi ishlar vaziri Devid O‘zbekistonga keladi

Britaniya tashqi ishlar vaziri Devid O‘zbekistonga keladi

Bu haqda “Independent” xabar berdi.
16:21 / 22.04.2024
Bugun, 24-aprel kuni qanday ob-havo kuzatiladi?

Bugun, 24-aprel kuni qanday ob-havo kuzatiladi?

Respublika Gidrometeorologiya xizmati agentligining xabar berishicha, 24-aprel kuni Toshkentda havo o‘zgarib turadi, yog‘ing…
00:34 / 24.04.2024
Yerevanda Turkiya va Ozarbayjon bayroqlari yoqib yuborildi

Yerevanda Turkiya va Ozarbayjon bayroqlari yoqib yuborildi

Qayd etilishicha, 2000-yildan beri Armanistonda shunga o‘xshash tadbirlar har yili o‘tkaziladi.
12:55 / 24.04.2024
G‘azoda topilgan ommaviy qabrdagi jasadlar soni 283 nafarga yetdi

G‘azoda topilgan ommaviy qabrdagi jasadlar soni 283 nafarga yetdi

Avvalroq, G‘azo janubida falastinliklarning ommaviy qabri topilgani haqida xabar bergan edik.
10:30 / 23.04.2024
Ginnes rekordlar kitobi nega aynan shunday nomlangan?

Ginnes rekordlar kitobi nega aynan shunday nomlangan?

Ginnes o‘zi kim? Kitobning yaratilish tarixi.
15:39 / 22.04.2024
Dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobil taqdim qilindi

Dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobil taqdim qilindi

Ulardan biri old tomonda, qolgan ikkitasi esa orqa tomonda joylashgan.
09:35 / 24.04.2024
Toshkent va Namangan viloyatlarida qor ko‘chish xavfi e’lon qilindi

Toshkent va Namangan viloyatlarida qor ko‘chish xavfi e’lon qilindi

2000 metr balandlikda qor ko‘chishi mumkin.
17:45 / 22.04.2024

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!