$
12555.16 UZS
-25.11
147.69 UZS
2.94
13430.25 UZS
-16.8
36° Kechasi 23°

Iskandar Zulqarnayn tiriklayin ko‘milganmi? Shoh o‘limi siri fosh qilindi

14:46 / 07.02.2020

Otago Universiteti tibbiyot professori Ketrin Xoll Aleksandr Makedonskiyni o‘limga mahkum qilgan kasallikka tashxis qo‘ydi va uni “The Ancient History Bulletin” ilmiy jurnalida chop etdi.

 
Iskandar Zulqarnayn – Makedoniya podshohi, dunyoning anchagina qismini egallagan buyuk sarkarda eramizdan avvalgi 323-yilning 10-iyunida Bobil shahrida to‘satdan vafot etgan. Shohning o‘limini tarixchilar moʻjiza bilan bog‘lashadi: chunki uning tanasi 6 kun davomida aynimasdan o‘zgarishsiz qolgan. Bu haqida qadimgi yunon yozuvchisi va faylasufi Plutarx o‘z manbalarida yozib qoldirgan.

Ketrin Xollning fikricha, hech qanday moʻjiza sodir bo‘lmagan. Shunchaki sarkarda juda kam uchraydigan, bora-bora odamni falaj qilib qo‘yadigan nevrologik kasallikdan vafot etgan. Qimirlamay qolgan tanani o‘lgan gumon qilib, dafn etishgan. Aslida Iskandar sarkofagga o‘rab ko‘milayotgan chog‘ida tirik bo‘lgan.
Zulqarnaynning aynan qaysi kasallikdan o‘lgani xususida tarixiy manbalarda yozib qoldirilmagan. Bu boradagi taxminlar esa yil sayin urchib bormoqda. 
Ayrim olimlar uni zaharlab o‘ldirishgan deyishsa, boshqalari esa vinoni ko‘p miqdorda ichgani natijasida kelib chiqqan o‘tkir pankreatitdan jon taslim qilgan deyishadi. 
Tibbiyot professorlari tomonidan ilgari surilgan tashxislar orasida esa bezgak, tif, shistosomoz, saraton, leyshmanioz va hatto gripp va o‘pka shamollashi ham bor.
“Giyena – Barre” sindromi — Ketrin Xoll Iskandar Zulqarnaynga shunday tashxis qo‘ydi. Bu xastalik nerv tugunlarini chalkashtirib, umumiy falajlikka olib keladi. Kasallik qo‘zg‘atuvchisi bo‘lmish “Campylobacter pylori” virusi ingichka ichakda shamollash paydo qiladi. Shoh esa aynan qorindagi qattiq og‘riqdan shikoyat qilgan.
 
Falajlik butun tanani egallab olgach, Iskandar hushidan ketgan. Qimirlamay qolgan, nafas olishi atrofdagilarga bilinmaydigan darajada sustlashgan tanani ko‘rib, hamma uni o‘lgan deb o‘ylagan. 
“...Shuncha vaqt davomida uning tanasi toza va urinmagan holda qoldi”, hayratini to‘kib solgandi Plutarx o‘z solnomalarida. Ketrin Xoll esa nega shunday bo‘lganini asoslab berdi. 
Baxtga qarshi bu tashxisning to‘g‘ri-noto‘g‘riligini tekshirib ko‘ra olmaymiz. Chunki Iskandar Zulqarnaynning qabri haligacha topilmagan.

Bu ham qiziq

Aholidan chiqindilarni sotib olish shoxobchasi tashkil etildi

Aholidan chiqindilarni sotib olish shoxobchasi tashkil etildi

Bu shoxobcha Toshkent viloyatida qurilgan.
17:45 / 28.06.2024
Guterrishning O‘zbekistonga tashrifi kutilmoqda

Guterrishning O‘zbekistonga tashrifi kutilmoqda

Bu haqda Nyu-Yorkdagi brifingda uning matbuot kotibi Stefan Dyujarrik xabar berdi.
10:16 / 29.06.2024
Yoshlarga 50 mingta savdo nuqtasi 6 oy ijara haqisiz va soliq imtiyozlari bilan beriladi

Yoshlarga 50 mingta savdo nuqtasi 6 oy ijara haqisiz va soliq imtiyozlari bilan beriladi

Bu haqda Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov o‘z sahifasida ma’lum qildi.
17:18 / 28.06.2024
2025-yilda qaysi yulduzlar Gollivudning Shon-sharaf xiyobonida o‘z yulduziga ega bo‘ladi?

2025-yilda qaysi yulduzlar Gollivudning Shon-sharaf xiyobonida o‘z yulduziga ega bo‘ladi?

Gollivud aktyorlari orasida quyidagi mashhurlar ro‘yxatdan o‘rin oldi.
11:16 / 29.06.2024
Qozog‘istonda o‘zbekistonlik erkak yashin urishi sabab vafot etdi

Qozog‘istonda o‘zbekistonlik erkak yashin urishi sabab vafot etdi

Bu haqda Tengrinews.kz xabar berdi.
13:13 / 28.06.2024
Viloyatlarda “Kreativ sanoat parklari” tashkil qilinadi

Viloyatlarda “Kreativ sanoat parklari” tashkil qilinadi

Yoshlar tadbirkorligi jamg‘armasi Yoshlar agentligiga o‘tkaziladi.
16:55 / 28.06.2024
Mirziyoyev Gurbanguli Berdimuhamedovni tabrikladi

Mirziyoyev Gurbanguli Berdimuhamedovni tabrikladi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 29-iyun kuni Turkman xalqining milliy yetakchisi, Turkmaniston Milliy…
12:05 / 29.06.2024
29-iyun uchun ob-havo ma’lumoti

29-iyun uchun ob-havo ma’lumoti

Kechasi 15-20 daraja iliq, kunduzi 30-35 daraja issiq bo‘ladi.
20:54 / 28.06.2024
Shimoliy Koreyadagi telefonlar qanday ishlaydi?

Shimoliy Koreyadagi telefonlar qanday ishlaydi?

Shimoliy Koreyada “Android”ga o‘xshash maxsus operatsion tizimga ega smartfonlar keng tarqalgan.
10:37 / 29.06.2024
Quddusdagi norozilik namoyishlari: Isroil Bosh vazirining uyi yonida minglab odamlar yig‘ildi

Quddusdagi norozilik namoyishlari: Isroil Bosh vazirining uyi yonida minglab odamlar yig‘ildi

Qayd etilishicha, namoyishchilar orasida yoshlar ham ko‘p bo‘lgan.
17:29 / 28.06.2024

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!