Olmaota shahridagi yuqumli kasalliklar shifoxonasida koronavirusdan uch nafar bemor davolanib chiqdi. Ular 14 kun davomida uy karantiniga olinadi, deb xabar berdi Kazinform.
Ta’kidlanishicha, sog‘ayganlar orasida ikki yoshli bola ham bor. Qolgan ikki bemor 13-mart kuni Berlin–Minsk–Olmaota yo‘nalishidagi charter reys bilan mamlakatga qaytib kelgan. Ular kelganida cheklovlar joriy etildi, yangi algoritm va qaror qabul qilindi.
Shuningdek, 12 kishilik ekipaj ham karantinga olinib, kasalxonaga yotqizildi va laboratoriya sinovlari o‘tkazildi. Tashxis yetti kishida koronavorus infeksiyasi borligini tasdiqlagan.
Hozirga qadar Olmaotada koronavirus infeksiyasidan 10 kishi davolanib, shifoxonadan chiqarildi.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!