$
11765.76 UZS
-17.71
139.71 UZS
0.01
13638.87 UZS
-49.99
31° Kechasi 18°

UzAuto Motors avtomobillarining narxlari oshgani yuzasidan rasmiy xabarnomasini e’lon qildi

15:57 / 11.03.2020

UzAuto Motors avtomobillarning chakana narxlari yangilangani bo‘yicha rasmiy xabarnomasini e’lon qildi. 

UzAuto Motors kompaniyasi narxlarni qayta ko‘rib chiqish qarori narxlar kon’yunkturasi, shuningdek, ichki va tashqi bozordagi umumiy makroiqtisodiy vaziyatning o‘zgarishi bilan bog‘liq ekanligini ma’lum qiladi. 2020-yilning 4-martiga qadar shartnoma imzolagan xaridorlar uchun barcha shartlar saqlab qolinadi.

2017-yilning sentabr oyida so‘ngi marta avtomobil narxlari o‘zgarganidan buyon dollarning so‘mga nisbatan ayriboshlash kursi o‘sdi, xomashyo narxlari, kommunal xizmatlar tariflari, transport xizmatlari narxlari oshdi.

Bundan tashqari, avval soliq imtiyozlariga ega bo‘lgan UzAuto Motors kompaniyasi 2019-yilning oktyabr oyidan boshlab O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligiga muvofiq soliqlarni umumiy asoslarda, jumladan QQS bo‘yicha to‘lashni boshladi. 2019-yilda kompaniya 2,5 trln. so‘m soliq to‘lagan bo‘lsa, joriy yil uchun esa ushbu ko‘rsatkich 4,2 trln. so‘mni tashkil qilishi kutilmoqda.

Yaqin kelajakda kompaniyaning o‘zi uchun belgilagan ustuvor yo‘nalishlardan biri bu so‘ngi vaqtda amaliyotda keng qo‘llanilayotgan iste’molchilar uchun ajratiladigan avtokredit va muddatli to‘lov tizimlarini yanada rivojlantirishdir. Ushbu yo‘nalish banklar bilan yaqin hamkorlikni ko‘zda tutadi. UzAuto Motors avtomobil kreditlarini rivojlantirishga tayyor bo‘lgan banklar bilan hamkorlik uchun doim ochiq. 

Aytish joizki, 2019-yil davomida kredit dasturlari, muddatli to‘lov va boshqa maxsus takliflar natijasida iste’molchilarga 52 mingdan ortiq mashina sotildi.

O‘zbekiston avtomobil bozorini global isloh qilish doirasida, sog‘lom raqobatbardosh ekotizimni yaratish maqsadida “O‘zavtosanoat” yaqin kelajakda mas’ul davlat organlari tomonidan ko‘rib chiqiladigan O‘zbekiston bozoriga olib kiriladigan xorijiy avtomobillarga bojxona to‘lovlarini kamaytirish tashabbusi bilan chiqdi. Ichki bozorda raqobatning kuchayishi UzAuto Motors kompaniyasining boshqaruv tizimini yanada takomillashtirishga, kompaniyaning raqobatbardoshligini, shuningdek ishlab chiqarilayotgan avtomobillarning sifati va hammabopligini oshirishga imkon beradi.


Bu ham qiziq

Toshkentda kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ishlari ko‘rib chiqildi

Toshkentda kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ishlari ko‘rib chiqildi

Yig‘ilishda Toshkent shahrini kuz-qish mavsumiga tayyorlash, kommunal va energetika infratuzilmasining barqaror ishlashini t…
09:04 / 12.09.2026
Andijonda “Mini texnologiyalar yarmarkasi” o‘tkazildi.

Andijonda “Mini texnologiyalar yarmarkasi” o‘tkazildi.

"Biznesni rivojlantirish banki" ATB Xo‘jaobod tumanida Kichik biznesga ko‘maklashish markazi va tuman hokimligi hamkorligida…
17:40 / 11.09.2026
Prezident yangi O‘zbekiston Milliy muzeyi qurilishi bilan tanishdi

Prezident yangi O‘zbekiston Milliy muzeyi qurilishi bilan tanishdi

Prezident Shavkat Mirziyoyev Toshkent shahrida barpo etilayotgan yangi O‘zbekiston Milliy muzeyining qurilish jarayoni bilan…
09:12 / 12.09.2026
Farg‘onada buvisini o‘ldirib, uyiga o‘t qo‘ygan yigit 17 yilga qamaldi

Farg‘onada buvisini o‘ldirib, uyiga o‘t qo‘ygan yigit 17 yilga qamaldi

Farg‘ona viloyatining Bag‘dod tumanida 20 yoshli yigit buvisini o‘ldirib, jinoyat izlarini yashirish maqsadida uning jasadi …
09:38 / 13.09.2026
Bernem Trampning Irlandiya birlashishi haqidagi bayonotiga javob qaytardi

Bernem Trampning Irlandiya birlashishi haqidagi bayonotiga javob qaytardi

Buyuk Britaniya Bosh vaziri Endi Bernem AQSH Prezidenti Donald Trampning Irlandiyaning birlashishi haqidagi bayonotlariga mu…
09:35 / 13.09.2026
Dunyoda 739 million katta yoshli inson savodsiz — YUNESKO

Dunyoda 739 million katta yoshli inson savodsiz — YUNESKO

Dunyoda 739 million nafar voyaga yetgan inson oddiy savodxonlik ko‘nikmalariga ega emas. Ularning qariyb uchdan ikki qismini…
12:32 / 12.09.2026
Norvegiya qirolining vafotidan ikki hafta o‘tib, uning opasi ham vafot etdi

Norvegiya qirolining vafotidan ikki hafta o‘tib, uning opasi ham vafot etdi

Norvegiya qiroli Harald V vafotidan ikki hafta o‘tib, uning opasi — malika Astrid 94 yoshida olamdan o‘tdi. Bu haqda Norvegi…
11:44 / 13.09.2026
Olmazorda huquqbuzarliklarning oldini olish bo‘yicha yangi ish uslubi natija bermoqda

Olmazorda huquqbuzarliklarning oldini olish bo‘yicha yangi ish uslubi natija bermoqda

Prezidentimiz Olmazor tumanida huquqbuzarliklarning oldini olish bo‘yicha yo‘lga qo‘yilgan yangi ish uslubi natijalarini ham…
09:08 / 12.09.2026
12 sentyabrda qanday ob-havo kuzatiladi?

12 sentyabrda qanday ob-havo kuzatiladi?

Toshkent shahri, Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlari: Havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Sham…
18:04 / 11.09.2026
Jizzaxda yo‘lovchi avtobusi yuk mashinasi bilan to‘qnashdi

Jizzaxda yo‘lovchi avtobusi yuk mashinasi bilan to‘qnashdi

Jizzax viloyatining Sharof Rashidov tumanida Toshkent–Termiz yo‘nalishida harakatlanayotgan yo‘lovchi avtobusi yuk mashinasi…
11:34 / 11.09.2026

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!