$
12023.46 UZS
-42.76
₽
149.44 UZS
-0.3
€
13461.47 UZS
17.29
31° Kechasi 18°

Allergiya haqida 10 savolga 10 javob 

17:03 / 04.03.2020

1. Hozir hamma bolalarda allergiya bor deyishadi, shu rostmi?
Ko‘pincha ommaviy axborot vositalarida allergik kasalliklarga chalingan bolalar tobora ko‘payib borayotgani haqida yozishadi. Allergik rinit va astma tarqalishi haqiqatan ham so‘nggi o‘n yillikda ortdi. Dunyo bo‘yicha 6-7 yoshdagi bolalarning, taxminan, 12 foizi astma, 8 foizi esa rinokonyunktivit bilan kasallangan. 

2. Ozuqaviy allergiya bolalarda qancha miqdorda uchraydi?
Vaqt o‘tishi bilan oziq-ovqat allergiyasining tarqalganligi ham oshdi. Hozir rivojlangan mamlakatlarda yashaydigan bolalarning, taxminan 3-6 foizida shunday allergiya bor. 

3. Nega bunday bo‘ldi?
Olimlar buni aniq bilmaydi. Allergik kasalliklarining tarqalishiga atrof-muhit va odamlarning turmush tarzidagi turli xil o‘zgarishlar, masalan, havo ifloslanishi, jismoniy faollikning pasayishi va ratsiondagi o‘zgarishlar ta’sir qilgan bo‘lishi mumkin, deb taxmin qilinadi.

4. Uy hayvonlari ham – xavfli omilmi? Bola tug‘ilishidan oldin ulardan xalos bo‘lish kerakmi?
Noto‘g‘ri. Bunday qadam bolani allergiyadan himoya qilishiga hech qanday dalil yo‘q. 90-yillarning oxiriga qadar xonadonda mushuk borligi allergiya xavfini oshirishi mumkinligiga ishonishgan. Ammo o‘shandan beri o‘tkazilgan ko‘plab tadqiqotlar natijalari bu fikrni rad etadi. Bundan tashqari, 85 foiz astmasi va mushuklarga yoki itlarga allergiyasi bo‘lgan odamlarning uy hayvonlari bilan hech qachon yashamaganliklari haqida dalillar mavjud. Bir nechta tadqiqotlar natijalari shuni ko‘rsatadiki, hayotning birinchi yillarida uyda itning mavjudligi astma rivojlanish xavfini va bir qator allergenlarga nisbatan sezgirlikni kamaytiradi.

5. Homiladorlik va emizish davrida bolani allergiyadan himoya qilish uchun diyeta tutish yordam beradimi?
Yordam bermaydi. Faqatgina ayolning o‘zida ozuqaviy allergiya bo‘lsa, individual ovqatlanish talab qilinishi mumkin. Boshqa hollarda, potensial allergenlarni diyetadan chiqarib tashlash uchun hech qanday sabab yo‘q. Aksincha, homiladorlik va emizish paytida turli xil va foydali taomlarni iste’mol qilish muhimdir.

6. Bola bir yoshga to‘lgunicha ehtimoliy allergen mahsulotlarni bermaslik kerakmi?
Buning ma’nosi yo‘q. Ko‘p yillar davomida mutaxassislar hayotning birinchi yilida yuqori allergen mahsulotlarni bermaslikni maslahat beradi (masalan, ular araxis bilan tanishishni uch yilgacha kechiktirishni maslahat berishadi). Keyinchalik, olimlar bu yondashuv allergiya rivojlanishi xavfini kamaytirmasligini va hatto aksincha, uni kuchaytirishi mumkinligini aniqladilar. Faqatgina istisno – sigir suti: asal singari, uni allergiya bilan bog‘liq bo‘lmagan sabablarga ko‘ra bir yoshgacha  bolalarga bermaslik kerak.

7. Xavfni kamaytirish uchun biror chora ko‘rish mumkinmi?
Mumkin. Allergik kasalliklarning rivojlanish xavfini ma’lum darajada kamaytiradigan bir qator usullar mavjud. Masalan, homiladorlik paytida va chaqaloq tug‘ilgandan keyin uning yonida chekmang, iloji bo‘lsa, dastlabki bir necha oy ko‘krak suti bilan boqing, o‘z vaqtida qo‘shimcha ovqatlar ham bering. Chang bilan kurashish ham muhim. Buning uchun uyda 35-50 foiz nisbiy namlikni saqlab turish, muntazam ravishda changyutgich bilan tozalash, shuningdek, gilamlardan xalos bo‘lish kerak.

8. Ota-onada allergiya bo‘lsa, unda bu choralar foydasizmi? Bolada baribir allergiya bo‘ladimi?
Aniqmas, ammo genetik moyillik katta rol o‘ynaydi. Ota-onalardan biri yoki aka-singillaridan birida allergiya bo‘lsa, unda bolada allergiya bo‘lishi ehtimoli 25 foizni tashkil qiladi. 

9. Ovqatga allergiya yosh kattarganida yo‘qolib ketishi rostmi?
Ha, bolalar haqiqatdan allergiyadan vaqt o‘tib xalos bo‘lishi mumkin. Ko‘pgina hollarda kasallik yosh kattalashganida o‘tib ketadi: masalan, tuxumga allergiya odatda tashxis qo‘yilganidan bir necha yil o‘tgach yo‘qoladi. Ammo ba’zi ovqatlarga (baliq, araxisga) allergiya odatda saqlanib qoladi. Bundan tashqari, oziq-ovqat allergiyasining ayrim ko‘rinishlarida, masalan, oshqozon-ichak allergiyasida, allergiyaga nisbatan tolerantlikni rivojlantirish uchun odatda ko‘proq vaqt talab etiladi.

10. Bolani allergenga oz-ozdan o‘rgatib borsa bo‘ladimi? Masalan, oz-ozdan tuxum bersa.
Yo‘q. Aslo mustaqil urinib ko‘rmang: allergen bilan uchrashuv og‘ir reaksiyaga olib kelishi mumkin. Agar bolada ma’lum bir mahsulotga allergiya bo‘lsa, odatda uni ratsiondan butunlay chiqarib tashlash tavsiya etiladi. Ammo vaqti-vaqti bilan mutaxassis yordamida diyetani birgalikda qayta ko‘rib chiqish va sharoit imkon bersa, ratsionni kengaytirish kerak.


Bu ham qiziq

Til sertifikati sabab dissertatsiya himoya qila olmagan magistrantlarga ruxsat berildi

Til sertifikati sabab dissertatsiya himoya qila olmagan magistrantlarga ruxsat berildi

Özbekistonda 2022/2023-öquv yilining qişki qabulida istisno tariqasida magistraturaga qabul qilingan, biroq xorijiy til sert…
11:13 / 28.10.2026
AQŞ harbiylari Tinç okeanida qayiqqa zarba berdi: beş kişi halok böldi

AQŞ harbiylari Tinç okeanida qayiqqa zarba berdi: beş kişi halok böldi

AQŞ harbiylari 27-oktabr kuni Tinç okeanining şarqiy qismida narkotik moddalar taşişda gumon qilingan qayiqqa zarba berdi. H…
14:53 / 28.10.2026
“Xorazm suv ta’minoti” yuridik inspektori 6 mln söm olayotganda uşlandi

“Xorazm suv ta’minoti” yuridik inspektori 6 mln söm olayotganda uşlandi

“Xorazm suv ta’minoti” AJ yuridik inspektori fuqaroning savdo şoxobçasini içimlik suvi tarmoğiga ulaş uçun texnik şartlarni …
14:55 / 28.10.2026
Namangan şahrida “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ “Energosavdo” filiali bölimi boşliği va ustasi uşlandi

Namangan şahrida “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ “Energosavdo” filiali bölimi boşliği va ustasi uşlandi

Boş prokuratura huzuridagi Departamentning Namangan şahri bölimi xodimlari tomonidan ötkazilgan tezkor tadbirda “Hududiy ele…
22:50 / 30.10.2026
IMAN Holding 20 mln dollarlik kamomad haqidagi da’volarga javob berdi

IMAN Holding 20 mln dollarlik kamomad haqidagi da’volarga javob berdi

IMAN Holding “Iman Invest” kompaniyasining 70 mln dollarlik portfelida 20 mln dollar kamomad borligi haqidagi da’volarga mun…
14:18 / 28.10.2026
“Zakovat-Gambit” şaxmat turniri ğoliblari taqdirlandi

“Zakovat-Gambit” şaxmat turniri ğoliblari taqdirlandi

Mamlakatning intellektual salohiyati nafaqat iste’dod egalarining yutuqlari, balki har bir insonning qobiliyatini yuzaga çiq…
14:29 / 31.10.2026
Umraga yuboriş uçun $2100 talab qilgan 19 yoşli yigit uşlandi

Umraga yuboriş uçun $2100 talab qilgan 19 yoşli yigit uşlandi

Andijon va Farğona viloyatlarida fuqarolarni Umra ziyoratiga noqonuniy yuborişga uringan şaxslar uşlandi. Bu haqda Davlat xa…
09:18 / 30.10.2026
“Dok-1 Maks” işi böyiça jabrlangan oilalarga 80 milliard söm kompensatsiya tölandi

“Dok-1 Maks” işi böyiça jabrlangan oilalarga 80 milliard söm kompensatsiya tölandi

“Dok-1 Maks” va “Ambronol” dori vositalari iste’moli oqibatida jabrlangan oilalarga jami 80 milliard söm kompensatsiya tölan…
14:10 / 28.10.2026
Toshkentda Lacetti daraxtga urilib, ikkiga bo‘lindi

Toshkentda Lacetti daraxtga urilib, ikkiga bo‘lindi

Toshkent shahrining Chilonzor tumanida 28-oktabr kuni Lacetti rusumli avtomobil daraxtga urildi. YTH oqibatida avtomobil ikk…
11:16 / 28.10.2026
Ekolog olimlar havo ifloslanişining sabablari böyiça batafsil tuşuntiriş berdi

Ekolog olimlar havo ifloslanişining sabablari böyiça batafsil tuşuntiriş berdi

Sönggi kunlarda havo sifatining keskin yomonlaşuvi yana jamoatçilik e’tibori markazida bölib turibdi.
09:18 / 29.10.2026

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!