$
12128.46 UZS
-36.78
159.04 UZS
-0.38
14304.31 UZS
-26.34
31° Kechasi 18°

Mas’ul xodimlarning faoliyati baholab boriladi

12:24 / 16.06.2020

“Davlat boshqaruv organlari va boshqa tashkilotlar xodimlari tomonidan davlat xizmatlari ko‘rsatilishida samaradorlik va natijadorlikning asosiy ko‘rsatkichlari hamda ularning faoliyatini  baholash tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida” gi buyruq Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi.

Buyruq bilan tasdiqlangan nizomga ko‘ra, vakolatli organlar tomonidan mas’ul xodimlarning faoliyati yiliga kamida bir marotaba samaradorlik va natijakorlikning asosiy ko‘rsatkichlari asosida baholab boriladi.

Quyidagilar mas’ul xodimning davlat xizmatlari ko‘rsatish faoliyati samaradorligi va  natijadorligini baholashning asosiy ko‘rsatkichlari hisoblanadi:

– belgilangan muddatdan oldin ko‘rsatilgan davlat xizmatlari soni;
– vakolatli organ tomonidan ko‘rsatiladigan davlat xizmatlarini takomillashtirish bo‘yicha tashabbuskorlik;
– belgilangan muddatdan kechiktirilib ko‘rsatilgan davlat xizmatlari soni;
– mas’ul xodim tomonidan ko‘rsatilgan davlat xizmati yuzasidan vakolatli organga foydalanuvchilardan kelib tushgan shikoyatlar soni;
– mas’ul xodim tomonidan ko‘rsatilgan davlat xizmati yuzasidan vakolatli organga kiritilgan taqdimnoma hamda mas’ul xodimga nisbatan qo‘llanilgan ma’muriy javobgarlik choralari soni. 

Baholash vakolatli organ rahbarining buyrug‘i bilan 3 kishidan kam bo‘lmagan toq sondan iborat tarkibda tashkil etiladigan komissiya tomonidan hisobot davridan keyingi oyning 15-sanasiga qadar amalga oshiriladi.


Bu ham qiziq

Chegara hududida yirik miqdordagi narkotiklar aniqlandi

Chegara hududida yirik miqdordagi narkotiklar aniqlandi

Davlat chegarasini qo‘riqlash bo‘yicha o‘tkazilgan tezkor tadbirlar davomida Farg‘ona viloyatida katta miqdordagi narkotik m…
09:31 / 18.04.2026
Qozog‘istonda yuzdan ortiq ot nobud bo‘ldi

Qozog‘istonda yuzdan ortiq ot nobud bo‘ldi

Qozog‘istonning Mang‘istov hududida kuzatilgan kuchli yog‘ingarchiliklar jiddiy oqibatlarga olib keldi — yuzdan ortiq ot nob…
10:24 / 20.04.2026
Namanganda tibbiy xizmatlar uchun asossiz to‘lovlar undirilgani ma’lum bo‘ldi

Namanganda tibbiy xizmatlar uchun asossiz to‘lovlar undirilgani ma’lum bo‘ldi

Namangandagi tibbiyot muassasalarida iste’molchilardan asossiz undirilgan 300 million so‘mga yaqin mablag‘larni qayta hisob-…
17:14 / 17.04.2026
Yakuniy davlat attestatsiyasi imtihonlari sanalari e’lon qilindi

Yakuniy davlat attestatsiyasi imtihonlari sanalari e’lon qilindi

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining joriy yil 14-apreldagi ko‘rsatma xatiga muvofiq, 9- va 11-sinf o‘quvchilari uchu…
10:50 / 18.04.2026
Buxoroda mast haydovchi 5 yoshli bolani urib ketdi

Buxoroda mast haydovchi 5 yoshli bolani urib ketdi

Ijtimoiy tarmoqlarda e’lon qilingan video yuzasidan rasmiy ma’lumot berildi.
17:28 / 18.04.2026
O‘zbekistonda o‘qituvchilar uchun attestatsiya to‘lovi 50 foizga arzonlashdi

O‘zbekistonda o‘qituvchilar uchun attestatsiya to‘lovi 50 foizga arzonlashdi

Vazirlar Mahkamasining 16-apreldagi qarori bilan o‘qituvchilar uchun navbatdan tashqari attestatsiya to‘lovi ikki baravar ka…
16:52 / 19.04.2026
“Hij” ziyoratiga yuborish evaziga 26 ming AQSh dollari talab qilgan shaxs ushlandi

“Hij” ziyoratiga yuborish evaziga 26 ming AQSh dollari talab qilgan shaxs ushlandi

Namangan shahrida yashovchi shaxs Chust tumanida istiqomat qiluvchi 4 nafar fuqaroni “Haj-2026” mavsumida islom dinining aso…
11:01 / 20.04.2026
O‘zbekiston BMT komissiyasiga saylandi

O‘zbekiston BMT komissiyasiga saylandi

Nyu-Yorkda EKOSOS sessiyasi doirasida o‘tkazilgan saylovlar yakuniga ko‘ra, O‘zbekiston 2027–2029 yillar uchun BMTning Jinoy…
17:51 / 20.04.2026
Yangihayot tumanidagi korxonada yong‘in chiqdi

Yangihayot tumanidagi korxonada yong‘in chiqdi

19-aprel kuni soat 15:23 da Toshkent shahrining Yangihayot tumani, Daryo bo‘yi ko‘chasida joylashgan ishlab chiqarish korxon…
16:47 / 19.04.2026
Madaniyat va san’at sohasida ochiq muloqotlar boshlanadi

Madaniyat va san’at sohasida ochiq muloqotlar boshlanadi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti topshirig‘iga muvofiq, madaniyat va san’at sohasini rivojlantirish hamda mavjud muammola…
09:29 / 19.04.2026

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!