$
12002.10 UZS
14.21
₽
146.02 UZS
0.61
€
13166.30 UZS
51.55
31° Kechasi 18°

Tadbirkorlik subyektlariga inkasso topshiriqnomasi qo‘yishda yangi tartib joriy etiladi – DSQ

18:15 / 15.06.2020

Davlat soliq qo‘mitasi matbuot xizmatining xabar berishicha, 2020-yilning 16-iyun sanasidan boshlab tadbirkorlik subyektlarining bajarilmagan soliq majburiyatlariga nisbatan soliq organlari tomonidan inkasso topshiriqnomasi qo‘yishda yangi tartib joriy etiladi.

Birinchidan, inkasso topshiriqnomalari Davlat soliq qo‘mitasi tomonidan markazlashgan holda inson ishtirokisiz dasturiy mahsulot orqali avtomatik ravishda qo‘yiladi. Inkasso topshiriqnomasini shakllantirishda dasturiy mahsulot quyidagilarga e’tibor beradi:

– soliq to‘lovchi tomonidan soliqni to‘lash uchun to‘lov topshiriqnomasini bank hisobvarag‘iga taqdim etganligi;

– boshqa soliq turida yuzaga kelgan soliq qarzi miqdorida ortiqcha to‘lov summasi mavjudligi;

– soliqlarni to‘lash muddatlari kechiktirilganligi yoki O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Farmonlari asosida soliq qarzini undirish to‘xtatilganligi.

Ikkinchidan, soliq to‘lovchining bank hisobvarag‘iga qo‘yilgan inkasso topshiriqnomalari ham inson ishtirokisiz avtomatik ravishda chaqirtirib olinadi. Bunda, inkasso topshiriqnomasini avtomatik chaqirib olish uchun nomzod shakllantirishda dasturiy mahsulot quyidagilarga e’tibor beradi:

– soliq qarzi tadbirkorlik subyekti tomonidan to‘liq to‘lab berilganligi;

– soliq qarzi qonunda belgilangan tartibda to‘liq bartaraf etilganligi.

Uchinchidan, Soliq kodeksida belgilangan soliqlarni to‘lash muddatidan keyingi kundan kechiktirmasdan soliq to‘lovchining shaxsiy kabinetiga avtomatik ravishda ogohlantirish talabnoma yuboradi.

To‘rtinchidan, avtomatik ravishda shakllantirilgan inkasso topshiriqnomasi soliqlarni to‘lash muddatidan keyin avtomatik ravishda soliq to‘lovchining bank hisobvarag‘iga yuboriladi.

Beshinchidan, bajarilmagan soliq majburiyati mavjud bo‘lgan barcha tadbirkorlik subyektlarining soliq qarzini byudjetga undirishda bir xil yondashuv ta’minlanadi.

Oltinchidan, soliq organi tomonidan soliq to‘lovchilarning bank hisobvaraqlaridagi mablag‘larini asossiz ravishda ortiqcha yechib olish holatlariga butunlay chek qo‘yiladi.


Bu ham qiziq

Özbekiston Prezidentini rasmiy kutib oliş marosimi bölib ötdi

Özbekiston Prezidentini rasmiy kutib oliş marosimi bölib ötdi

Ammon şahridagi “Al-Husayniya” saroyida davlat taşrifi bilan Iordaniya Hoşimiylar Podşohligida bölib turgan Özbekiston Respu…
16:08 / 24.11.2026
Özbekiston Prezidenti şarafiga rasmiy qabul marosimi ötkazildi

Özbekiston Prezidenti şarafiga rasmiy qabul marosimi ötkazildi

Ammоn şahridagi “Al-Husayniya” saroyida Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev şarafiga Iordaniya Podşohi Abdu…
09:49 / 24.11.2026
Toşkentda qurilayotgan yangi xalqaro aeroport yonida 5 mlrd dollarlik “Aerocity” loyihasi amalga oşiriladi

Toşkentda qurilayotgan yangi xalqaro aeroport yonida 5 mlrd dollarlik “Aerocity” loyihasi amalga oşiriladi

Özbekistonda sönggi yillarda aviatsiya infratuzilmasini rivojlantiriş böyiça qator loyihalar amalga oşirildi. Xususan, 11 ta…
12:57 / 27.11.2026
“Real Madrid” birinçi bölib YeÇL pley-offiga yöllanmani kafolatladi

“Real Madrid” birinçi bölib YeÇL pley-offiga yöllanmani kafolatladi

Madridning “Real” klubi 2026/27-yilgi mavsum Çempionlar Ligasi pley-off bosqiçiga çiqişni kafolatlagan ilk jamoaga aylandi.
13:10 / 26.11.2026
Futbol. Bugun Özbekiston Italiya bilan öynaydi

Futbol. Bugun Özbekiston Italiya bilan öynaydi

Qatarda ötkazilayotgan 17 yoşgaça bölgan futbolçilar örtasidagi jahon çempionatida bugun Özbekiston terma jamoasi guruh bosq…
16:08 / 26.11.2026
Özbekistonga mol göşti qaysi davlatlardan import qilinmoqda?

Özbekistonga mol göşti qaysi davlatlardan import qilinmoqda?

Milliy statistika qömitasi ma’lumotlariga köra, 2026-yilning yanvar–sentyabr oylarida Özbekistonga 12 ta xorijiy davlatdan q…
14:33 / 24.11.2026
Özbekistonda sönggi 10 yilda yöl sohasiga 80 trln söm ajratildi

Özbekistonda sönggi 10 yilda yöl sohasiga 80 trln söm ajratildi

Prezident Şavkat Mirziyoyev Avtomobil yöllari qömitasining ilmiy-amaliy markazida transport-logistika sohasi investorlari va…
11:08 / 27.11.2026
Turkiyada falaj bölib qolgan özbekistonlik ayol vatanga qaytarildi

Turkiyada falaj bölib qolgan özbekistonlik ayol vatanga qaytarildi

Turkiyada mehnat faoliyati davomida boş miyasiga qon quyilişi oqibatida tanasining çap qismi falajlangan özbekistonlik ayol …
09:36 / 26.11.2026
Donald Tramp Özbekiston Prezidenti Şavkat Mirziyoyevga öz minnatdorligini izhor etdi

Donald Tramp Özbekiston Prezidenti Şavkat Mirziyoyevga öz minnatdorligini izhor etdi

“Mamlakatimiz mustaqilligining 250 yilligi munosabati bilan menga tuhfa etilgan gözal özbek ayvonlari uçun Özbekistonning yu…
09:09 / 25.11.2026
Surxondaryoda afğonistonlik narkosavdogar uşlandi

Surxondaryoda afğonistonlik narkosavdogar uşlandi

Hozirda qonunbuzarlarga nisbatan Jinoyat Kodeksining 273-moddasi 6-qismi “a” bandi bilan jinoyat işi qözğatilib, tergov hara…
10:32 / 26.11.2026

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!