Saudiya Arabistoni Tashqi ishlar vazirligi Sog‘liqni saqlash vazirligining vakolatli organlari koronavirusning tarqalishini zimdan kuzatayotganini, shu sababli Qirollik hukumati ushbu tashkilotlar orqali epidemiyaning oldini olish uchun belgilangan xalqaro standartlarni joriy qilishni bildirgan. Bu haqda Saudi Press Agency xabar berdi.
Fuqarolarning xavfsizligini maksimal himoya qilishni ta’minlash maqsadida Umra amallarini bajarish, Nabaviy Masjidni ziyorat qilish maqsadida tashrif buyurmoqchi ziyoratchilarning kirishi vaqtinchalik to‘xtatiladi.
Shuningdek, Qirollik TIV saudiyaliklarni koronavirus keng tarqalayotgan joylarga tashrif buyurmaslikka chaqirgan.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!