Shu yilning 13-mart kuni Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri o‘rinbosari Uzoqboy Begimqulov rahbarligidagi delegatsiya Sankt-Peterburg davlat universitetiga tashrif buyurdi, deb xabar bermoqda vazirilik Matbuot xizmati.
Tashrifdan ko‘zlagan asosiy maqsad ikki davlat oliy ta’lim muassasalari o‘rtasida hamkorlikni rivojlantirish bo‘lib, xususan, O‘zbekistonda Sankt-Peterburg davlat universitetining filialini tashkil etish bo‘yicha muzokaralar olib borildi.

Muzokaralar natijasida Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziriligi va Sankt-Peterburg davlat universiteti o‘rtasida Toshkentda Rossiyaning nufuzli universiteti filiali faoliyatini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha anglashuv memorandumi imzolandi.

Yangi filial biotibbiyot va sharqshunoslikka ixtisoslashadi. Filialda kimyo, biologiya, fizika va boshqa fanlar bo‘yicha ilg‘or fanlararo tadqiqotlar olib boriladi hamda bu jarayonga O‘zbekistonning yetakchi tibbiyot va farmasevtika kompaniyalari faol jalb qilinadi, deyiladi xabarda.

Ma’lumot uchun, Sankt-Peterburg davlat universiteti Rossiyada tashkil etilgan birinchi universitet hisoblanadi. Universitet 9 nafar Nobel mukofoti laureati, 6 nafar mamlakat Bosh vaziri va Rossiya Federatsiyasining 2 nafar prezidentini tayyorlagan oliy o‘quv yurti sanaladi.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!