
Qozog‘istonda ikkita fuqaroda koronavirus aniqlandi. Ular Germaniyadan kelishgan, deb xabar bermoqda.
“Ma’lumki, biz uch oydan beri kurashmoqdamiz. Virus kirib kelishining oldini olish uchun barcha choralarni ko‘rdik. Bugun esa ikki fuqaromizda mazkur virus aniqlandi. Ular Olmaotadagi yuqumli kasalliklar shifoxonasiga yotqizilgan. Ayni paytda ular o‘zini yaxshi his qilmoqda. Barcha zarur choralar ko‘rilmoqda”, dedi Sog‘liqni saqlash vaziri Yeljan Birtanov.
“Biz shaxsiy ma’lumotlarni oshkor qila olmaymiz. Bu erkak va ayol kishi. Birinchi bemor 9-mart kuni kelgan. Ikkinchisi 12-mart kuni Germaniyadan kelgan.
9-martda 73 yo‘lovchi bo‘lgan. Ro‘yxatlar bizda bor. Ular qayerda ekanligini bilamiz. Biz karantin obyektlarida ularni izolyatsiyaga olamiz. Ular kasallar emas, 14 kun davomida karantinga olinadi”, qo‘shimcha qiladi sog‘liqni saqlash vaziri Yeljan Birtanov.
Eslatib o‘tamiz, kecha Qozog‘iston Prezidenti Qosim-Jomart Toqayev koronavirus tarqalishining oldini olish maqsadida G‘alabaning 75 yilligiga bag‘ishlab o‘tkaziladigan harbiy paradni bekor qilgandi.
Undan avval maktablardagi ta’til vaqti 16-martdan 5-aprelgacha uzaytirilgan edi. Kollejlar va OTMlar ham masofaviy o‘qishga o‘tkazildi.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!