“PSJ” hujumchisi Neymarning onasi Nadin Gonsalves 22 yoshli sevgilisi Tiago Ramos bilan janjallashib qolgan. Bu haqda Correio24horas’ga tayanib Sport Ekspress xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, kibersportchi Tiago Ramos 2-iyun kuni qo‘lida bir necha tilinish bilan shifoxonaga tushgan. Shifokorlar oqibatda unga 12 ta chok tikkan. Bundan keyin juftlik vaziyatga oydinlik kiritish maqsadida politsiya idorasiga tashrif buyurgan.
Eslatib o‘tamiz, 22 yoshli Ramos “4k Easy” jamoasida ishtirok etadi. Mobil qurilmalar uchun yaratilgan Free Fire o‘yini Braziliyada ancha mashhur hisoblanadi.
*Neymar onasining sevgisini qo‘llab-quvvatlagan
Bundan avval “PSJ” hujumchisi Neymar onasining sevgilisi – 22 yoshli kibersportchi va model Tiago Ramosning munosabatlariga reaksiya bildirib, “Bahtli bo‘ling, oyi. Sizni yaxshi ko‘raman” deya onasi qoldirgan suratga izoh bildirgan edi.
52 yoshli Nadin Neymarning otasi va agenti Vagner Ribeyro bilan 25 yillik nikohdan keyin 2016-yilda ajrashgan edi.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!