$
12165.24 UZS
-25.19
159.42 UZS
-2.67
14330.65 UZS
-32.11
31° Kechasi 18°

Qo‘qonda ochilgan yangi universitetda qabul jarayoni boshlanadi

14:06 / 02.09.2019

O‘zR Vazirlar Mahkamasining qaroriga muvofiq 2019/2020-o‘quv yili uchun Qo‘qon universiteti joriy yilning 5-sentyabridan o‘z faoliyatini boshlaydi.

Universitetda quyidagi ta'lim yo‘nalishlarda bakalavrlar tayyorlanadi:

 Iqtisodiyot;                               
 Menejment;                        
 Moliya;                                           
 Tadbirkorlik;                            
 Maktabgacha ta'lim;                   
 Boshlang‘ich ta'lim;
 Xorijiy til va adabiyoti: ingliz tili.

Qo‘qon universitetida talabalar kunduzgi ta'lim shaklida, to‘lov-shartnoma asosida o‘qitiladi. 
  
Bitiruvchilariga O‘zbekiston Respublikasida oliy ma'lumot to‘g‘risidagi hujjat sifatida e'tirof etiladigan belgilangan namunadagi diplom beriladi.

Hujjatlar 2019-yilning 5-sentyabridan 20-sentyabriga qadar qabul qilinadi (yakshanba kunlari ham). 

Universitet qabul komissiyasi abituriyentlarni quyidagi hujjatlar asosida maxsus baza orqali ro‘yxatdan o‘tkazadi:

1. Pasport (tug‘ilganlik to‘g‘risida ma'lumotnoma) asli;
2. Umumiy o‘rta ta'lim (11-sinf negizida) yoki o‘rta maxsus, kasb-hunar ta'limi muassasasini tugatganligi haqidagi hujjat (ilovasi bilan) asli;
3. Chet tili sertifikati (agarda mavjud bo‘lsa) asli va nusxasi.

Iqtisodiyot, Menejment, Moliya va Tadbirkorlik ta'lim yo‘nalishlariga hujjat topshirgan abituriyentlar quyidagi fanlardan test topshiradilar:

-  Matematika (har bir to‘g‘ri javob uchun 3,1 ball);
-  Ingliz tili (har bir to‘g‘ri javob uchun 2,1 ball);
-  O‘zbek tili va adabiyoti (har bir to‘g‘ri javob uchun 1,1 ball).

Maktabgacha ta'lim:
-  Biologiya (har bir to‘g‘ri javob uchun 3,1 ball);
-  O‘zbek tili va adabiyoti (har bir to‘g‘ri javob uchun 2,1 ball);
-  Tarix (har bir to‘g‘ri javob uchun 1,1 ball).

Boshlang‘ich ta'lim:
-  O‘zbek tili va adabiyoti (har bir to‘g‘ri javob uchun 3,1 ball);
-  Matematika (har bir to‘g‘ri javob uchun 2,1 ball);
-  Ingliz tili (har bir to‘g‘ri javob uchun 1,1 ball). 

Xorijiy til va adabiyoti: ingliz tili:
-  Ingliz tili (har bir to‘g‘ri javob uchun 3,1 ball);
-  O‘zbek tili va adabiyoti (har bir to‘g‘ri javob uchun 2,1 ball);
-  Tarix (har bir to‘g‘ri javob uchun 1,1 ball).

Xorijiy fuqarolar universiteti tomonidan belgilangan tartibda o‘tkaziladigan suhbat asosida  qabul qilinadi.

Kirish imtihonlaridan muvaffaqiyatli o‘tgan abituriyentlar uchun o‘qish 2019-yilning 2-oktyabr kunidan boshlanadi.


Bu ham qiziq

9 kg ga yaqin opiy musodara qilindi

9 kg ga yaqin opiy musodara qilindi

Surxondaryo va Xorazm viloyatlarida o‘tkazilgan tezkor tadbirlar davomida yirik miqdordagi narkotik moddalarning noqonuniy a…
16:55 / 16.04.2026
Namanganda tibbiy xizmatlar uchun asossiz to‘lovlar undirilgani ma’lum bo‘ldi

Namanganda tibbiy xizmatlar uchun asossiz to‘lovlar undirilgani ma’lum bo‘ldi

Namangandagi tibbiyot muassasalarida iste’molchilardan asossiz undirilgan 300 million so‘mga yaqin mablag‘larni qayta hisob-…
17:14 / 17.04.2026
Eron AQSh bilan yangi muzokaralar raundiga hali rozi bo‘lmadi

Eron AQSh bilan yangi muzokaralar raundiga hali rozi bo‘lmadi

Eron hukumati AQSh bilan navbatdagi muzokaralar o‘tkazish bo‘yicha hozircha kelishuvga erishmaganini ma’lum qildi. Bu haqda …
17:57 / 18.04.2026
Qurilish chiqindilari bo‘yicha o‘rganish ishlari boshlandi

Qurilish chiqindilari bo‘yicha o‘rganish ishlari boshlandi

Atrof-muhitni muhofaza qilish va chiqindilarni to‘g‘ri boshqarish ekologik barqarorlikning muhim shartlaridan biridir.
10:35 / 16.04.2026
Buxoroda mast haydovchi 5 yoshli bolani urib ketdi

Buxoroda mast haydovchi 5 yoshli bolani urib ketdi

Ijtimoiy tarmoqlarda e’lon qilingan video yuzasidan rasmiy ma’lumot berildi.
17:28 / 18.04.2026
Poytaxt iqtisodiyotida qo‘shimcha o‘sish nuqtalari belgilandi

Poytaxt iqtisodiyotida qo‘shimcha o‘sish nuqtalari belgilandi

Prezident Shavkat Mirziyoyev Toshkent shahri iqtisodiyotida yuqori oʻsish surʼatlarini taʼminlash, mavjud zaxiralarni toʻliq…
09:26 / 17.04.2026
Vladikavkazda chiqindi konteyneri portlashi oqibatida o‘zbekistonlik erkak halok bo‘ldi

Vladikavkazda chiqindi konteyneri portlashi oqibatida o‘zbekistonlik erkak halok bo‘ldi

Rossiyaning Vladikavkaz shahrida 17-aprel kuni chiqindi konteynerlarini yuklash jarayonida yuz bergan portlash oqibatida 46 …
12:00 / 18.04.2026
Tramp Erondagi urush tugashini e'lon qildi

Tramp Erondagi urush tugashini e'lon qildi

AQSh prezidenti Donald Tramp Eron bilan bog‘liq harbiy operatsiya yaqin orada yakunlanishi mumkinligini ma’lum qildi.
11:28 / 17.04.2026
O‘rta Chirchiqda uy portlashi oqibatida 4 kishi halok bo‘ldi

O‘rta Chirchiqda uy portlashi oqibatida 4 kishi halok bo‘ldi

Toshkent viloyati O‘rta Chirchiq tumani hududida joylashgan xonadonda yuz bergan portlash oqibatida bir oiladan 4 kishi hayo…
12:41 / 17.04.2026
Jarimaning 50 foizi 1 oyda to‘lansa, qolgan qismi bekor qilinadi

Jarimaning 50 foizi 1 oyda to‘lansa, qolgan qismi bekor qilinadi

Prezident qaroriga ko‘ra, endilikda tadbirkorlar uchun moliyaviy jarimalarni to‘lash tartibi yanada yengillashtirilmoqda.
11:52 / 16.04.2026

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!