$
12640.21 UZS
-49.76
137.02 UZS
-0.18
13559.15 UZS
1.19
24° Kechasi 12°

“UzCharmExpo” – Charm, poyabzal va mo‘yna 11-xalqaro ko‘rgazma-yarmarkasi ochildi

20:44 / 16.10.2019

Bugun “O‘zekspomarkaz” milliy ko‘rgazmalar majmuasida “O‘zcharmsanoat” uyushmasi tashabbusi bilan an’anaviy “UzCharmExpo” charm, poyabzal va mo‘yna 11-xalqaro ko‘rgazma-yarmarkasi o‘z ish faoliyatini boshladi, deya xabar bermoqda Xabardor.uz muxbiri.

Tadbirni Investitsiya va tashqi savdo vaziri Sardor Umurzaqov ochib berdi.Tadbirda Xalqaro charm ishlab chiqaruvchilar kengashi kotibi Pol Pirson, International Leather maker jurnali muharriri Izabella Griffits, O‘zbekiston-Fransiya biznes klubi vitse prezidenti Patrik Stenger Rossiya poyabzal va charm ishlab chiqaruvchilari kengashi bosh direktori Aleksandra Grigoryevna ishtirok etishdi.

 Bu yil mazkur anjumanda 20 dan ortiq davlatdan 150 dan ziyod mahalliy va xorijiy kompaniya va tashkilotlar ishtirok etmoqda. Ko‘rgazma ekspozitsiyasidan 3,5 mingdan ortiq mahsulotlar namunalari joy olgan.

Qayd etilganidek, mazkur tadbir yangi hamkorlar topish va manfaatli aloqlarni yoʻlga qoʻyish uchun samarali platformaga aylandi. Anjuman har yili besh mingdan ortiq mehmonni, jumladan, charm-poyabzal, moʻyna mahsulotlari ishlab chiqaruvchi korxonalari, chet-ellarning xalqaro tashkilotlari, uyushmalari hamda federatsiyalari rahbarlarini, moda jurnali muharrirlarini jalb qilib kelmoqda.

Milliy iqtisodiyotda biznes muhitini yaxshilash va jahon moliyaviy tizimiga integratsiyalashuvni taʼminlashga qaratilgan tub islohotlar zamirida mahalliy charm-poyabzal sanoatidagi ijobiy tendensiyalar xorijiy hamkorlar va investorlarni oʻziga jalb qilmasdan qolmaydi.  Har yili koʻrgazmada ishtirok etayotgan korxonalar soni va ular tomonidan ishlab chiqarilgan mahsulotlarning keng assortimenti buning yorqin tasdigʻidir.

Mazkur koʻrgazma doirasida “Eng yaxshi milliy stend”, “Eng yaxshi xorijiy stend”, “Eng yaxshi poyabzal dizayni”, ommaviy axborot vositalari vakillari uchun esa “Eng yaxshi media mahsulot” nominatsiyalari boʻyicha tanlov tashkil etiladi.

Ko‘rgazma 16-oktabrdan 18-oktabrgacha bo‘lib o‘tadi.


Bu ham qiziq

“G‘arb siyosati o‘z xalqlarini tanazzulga uchratadi”, – Volodin

“G‘arb siyosati o‘z xalqlarini tanazzulga uchratadi”, – Volodin

Rossiya parlamentining quyi palatasi spikeri Shvetsiyada yangi qonun o‘z fuqarolarining fikriga zid ravishda qabul qilinganl…
11:30 / 25.04.2024
Uzun sochli ukrainalik ayol dunyo rekordini yangiladi

Uzun sochli ukrainalik ayol dunyo rekordini yangiladi

Uning sochlarining uzunligi 257 santimetrga yetgan.
09:04 / 25.04.2024
Toshkentning ayrim hududlarida gaz yetkazib berish vaqtincha to‘xtatiladi

Toshkentning ayrim hududlarida gaz yetkazib berish vaqtincha to‘xtatiladi

Bu haqda “Hududgaz Poytaxt” GTF xabar berdi.
09:58 / 24.04.2024
Dunyoda ishlab chiqarilgan oziq-ovqatning deyarli beshdan bir qismi chiqindiga ketadi

Dunyoda ishlab chiqarilgan oziq-ovqatning deyarli beshdan bir qismi chiqindiga ketadi

Qayd etilishicha, chiqindilarning asosiy qismi (60%) uy xo‘jaliklaridan chiqadi.
17:26 / 24.04.2024
Poytaxtning ikki tumanida elektr taʼminoti vaqtincha o‘chiriladi

Poytaxtning ikki tumanida elektr taʼminoti vaqtincha o‘chiriladi

“Toshkent shahar elektr tarmoqlari” MCHJ mazkur taʼmirlash ishlari tufayli elektr taʼminotidagi vaqtincha uzilishlar sababli…
09:29 / 25.04.2024
Amerikaliklar uysizlar uchun jarimaga qarshi chiqishmoqda

Amerikaliklar uysizlar uchun jarimaga qarshi chiqishmoqda

Faollar “uysizlikni jinoyat deb hisoblash” konstitutsiyaga zid deb umid qilmoqda.
15:44 / 24.04.2024
“Tolibon” ilmiy asarlarni turk va oʻzbek tillariga tarjima qilishni taqiqladi

“Tolibon” ilmiy asarlarni turk va oʻzbek tillariga tarjima qilishni taqiqladi

Bu haqida “Aamaj News” xabar berdi.
11:52 / 24.04.2024
Dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobil taqdim qilindi

Dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobil taqdim qilindi

Ulardan biri old tomonda, qolgan ikkitasi esa orqa tomonda joylashgan.
09:35 / 24.04.2024
1-maydan qonunchilikda nimalar o‘zgaradi?

1-maydan qonunchilikda nimalar o‘zgaradi?

Yolg‘iz keksalar va nogironligi bo‘lgan shaxslarga har oyda moddiy yordam berilishi, yangi majburiy to‘lovlar va yig‘imlar f…
17:03 / 25.04.2024

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!